Saytni Yuklab bo'lmadi
Aytishlaricha, yuzdagi ajin quvnoq va g‘amli kunlardan qoladigan asoratlar ekan. «Yuzda qancha ajin ko‘p bo‘lsa, uning sohibi shuncha donishmand bo‘ladi», degan gap ham bor. Ammo biz — ayollar ko‘proq yosh ko‘rinishni tanlagan bo‘lardik. Bugun ajinlarga qarshi kurashishning turli yo‘llarini o‘rgatamiz.
Diqqat, quyosh!
Ajinlar haqida gap ketganida eng birinchi dushmaningiz quyosh ekanini hisobga oling. Oftob nurlari ostida uzoq vaqt yurish yuzdagi ajinlar ko‘payib, teri qarishiga olib keladi.
Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalaning. Bu bilan ajin tushish jarayonini sekinlashtirasiz. Ushbu jarayon siz uchun tish yuvish kabi odatiy holga aylansin. Yuz yuvilganidan keyin surtilgan krem teriga singganidan keyingina pardoz qilishni boshlashingiz mumkin.
Lab uchun quyoshdan himoyalovchi balьzamdan foydalaning. Uni doimo yoningizda olib yurishga odatlaning.
Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqishni unutmang. Oftob nurlaridan ko‘zlaringiz qisilib, bora-bora ko‘z atrofiga ajin tushishi kuzatiladi. Yuzdagi ajinlarning yana bir sababchisi ulьtrabinafsha nurlar. Ko‘zoynak esa ushbu nurlardan himoyalaydi.
Shlyapa
Quyoshdan qancha ko‘p asralsangiz, ajin tushishi shuncha sekinlashadi. Somondan to‘qilgan keng sathli shlyapa, soyaboni keng kepkalar, yozgi soyabonlar himoya darajasini oshiradi.
Yuzingizni burishtirishmang!
Vaqt o‘tgani sayin yuz terisi burmasi ko‘proq joyga ajin tusha boshlaydi. Qovog‘ingizni uymang, peshanangizni tirishtirmang, yo‘qsa, mimika paytida paydo bo‘layotgan ajinlaringiz doimiyga aylanib qoladi.
S vitamini qabul qilib turing!
Ushbu vitamin yuz tarangligini ta’minlovchi kollagen moddasi ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Qolaversa, yuzni burishtiruvchi oksidlanish jarayonidan himoyalaydi.
Doimiy vaznni me’yorda saqlashga harakat qiling!
Vaqti-vaqti bilan semirib-ozgan odamning yuz terisi dam cho‘ziladi, dam yig‘iladi. Ahamiyat bersangiz, qomatdagi yo‘qotilgan arzimagan 2-3 kg. vazn ham eng avval yuzda o‘z ifodasini qoldiradi. Ya’ni ozgan odamning avvalo yuzi oriqlashadi. Natija ma’lum: qo‘shaloq dahan va bo‘yin sohasida osilib qolgan teri qavatlari.
Asta-sekinlik bilan ozing
Vaznni tez yo‘qotishga oshiqmang. Bu jarayon gimnastika yordamida asta amalga oshirilgani ma’qul.
Yomon odatlardan xalos bo‘ling!
Chekish yuz kapillyarlarini toraytiradi. Bu esa yuzga qon kelishini kamaytirib, to‘qimalarda kislorod yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Tabiiyki, oqibatda yuz terisi ajin tushishiga moyillashadi.
Yana bir haqiqat: chekadigan ayollar yuziga chekmaydiganlarga nisbatan tezroq ajin tushadi. Ayniqsa, lab atrofidagi mayda chiziqlar sigaretni labga qistirish oqibati.
Doimiy tarzda gimnastika bilan shug‘ullanishga odatlaning!
Jismoniy tarbiyadan keyingi yuzda paydo bo‘lgan qizillik — teri ostidagi kapillyarlarga qon yetib kelayotganining belgisi. Natijada yuz terisi ajinlarga qarshi tura oladigan elastik to‘qimali bo‘ladi. Gimnastikani bajarishda teri to‘qimalari ko‘p suyuqlik yo‘qotadi. Tanadagi suyuqlik miqdori tiklansa-da, to‘qimalar kuchini yo‘qotadi. Bu noxushlik ro‘y bermasligi uchun mashg‘ulotlarni mutaxassis bilan maslahatlashgan holda bajaring.
Plastik jarrohlik yordamida…
Ajinlarni yo‘qotishning eng yaxshi yo‘lini tanlash uchun…
Avvalo shifokor mutaxassis bilan maslahatlashish kerak. U bemorning yoshi, sog‘lig‘i, yuz terisi tuzilishi, turmush tarzini hisobga olgan holda terini yosh holda saqlashning eng munosib yo‘lini tavsiya etadi.
Universal maslahatlar
Peshana, ko‘zlar, lab atrofidagi mimik ajinlardan tez xalos bo‘lishni istasangiz, mimikani nazorat qilishga odatlaning.
Bundan tashqari, ajinlardan qutulishni istagan ayollar kosmetologiyada keng qo‘llanilayotgan muolajalardan foydalanishlari mumkin:
Yodda tuting!
Issiq suv yuz terisini tez qaritadi. Shu sabab erkaklarning ertalabki soqol olish, ayollarning yuvinish muolajasi sovuq suvda amalga oshirilishi tavsiya etiladi. Bilib qo‘ying, issiq suv yuz terisining eng nozik qismi, ya’ni qovoqlar osilishiga olib kelishi mumkin.
Yuz gimnastikasi
Quyida keltirilgan mashqlar yuz terisi elastikligini oshiradi, yuz shaklini korreksiyalashtiradi, ajinlarni tekislaydi.
Oliy toifali shifokor, plastik jarroh Hamidulla ASADOV tavsiyalari asosida Nigora tayyorladi.