Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Nay Bilan Bog'liq Afsona

Shunday qilib yigit sevganini o'lganini eshitib, tog' daralarining ichkarisiga kirib ketibdi. Oylar o'tib, u yerdan xazin bir kuy chalinayotgani, bu kuy qoyatoshlarga urilib, o'zgacha aks-sado berayotganini odamlar eshitishibdi. Bu sevgilisidan judo bo'lgan yigit ekanini barchalari tushunishibdi. Ayrimlar yigitni qidirishga borganida uni topa olishmabdi. Go'yoki kuy samolardan taralayotgandek, atrofda biron zog' yo'q emish.

SHU-SHU INSONLAR NAZDIDA "NAY"
"AYRILIQ" SOZI, UNDAN TARALADIGAN MUSIQA ESA
" XAZIN" KUY EKAN...

Bu bir afsona bo'lishi m.n, lekin har bitta "ertak"da ham ozgina bo'lsa ham "haqiqat" bo'ladi.

Yigit o'sha kundan boshlab tursa ham, yursa ham malikani o'ylay boshlabdi. Va axiyri saroy tomon yo'lga yo'lga tushibdi. Podshohga qizini yoqtirib qolganini, uni baxtli qilishini, unga uylanmoqchi ekanini aytibdi. Shoh qayoqdagi bir tog'da yashaydigan yovvoyi qizining qo'lini so'raganidan jaxl otiga minibdi. Navkarlariga yigitga jazo tariqasida yuz darra urushlarini buyuribdi. Yigit sevgisi u.n bu azob-uqubatlarga matonat ila chidabdi. Zindonda yotganida qiz uning oldiga tushibdi. Uni sevib qolganini, yigitdan o'zini bu o'lkalardan uzoq-uzoqlarga olib ketishini so'rabdi. Madorsiz qolgan yigitning bu so'zlardan keyin tanasiga ilohiy qudrat yog'ilibdi. Soqchilarni ko'zlarini shamg'alat qilib, saroydan qochib ketishibdi. Podshoh bundan xabar topib, ularning ortidan mingdan ortiq jangchilarni yuboribdi. Yigit va qiz uch kecha-yu uch kunduz deganda haybatli, purviqor tog'larni oshib o'tib, o'zga yurt sarhadiga kirib borishibdi. Yigit tinch, hushmanzara joyda boshpana tiklashga kirishibdi. Ular 
Ular bir necha kun baxtli hayot kechirishibdi, ammo podshohning navkarlari ularni topib, qo'lga olishibdi. Yigitga shohning farmoni b.n o'sha yerning o'zidayoq azoblab o'ldiradigan zahar berib, malika b.n yurtlariga qaytishibdi. Malika dod-voy solibdi. Biroq, bu samara bermabdi. Yigitning o'lganidan g'am-alamga botibdi. Oxiri qattiq ruhiy tushkunlikdan hushidan ketibdi-yu, boshqa ko'zini ochmabdi. Shoh yolg'iz jigarbandi vafot etganidan, uni o'limiga o'zi sababchi bo'lganidan dahshatga tushib, aqldan ozibdi. Lekin yigit o'lmagandi. U ichgan zahar hali ta'sir qilib ulgurmasidan uning do'stlari-nabodot olami vakillari unga yordam berish kerakligini bir-birlariga shivirlashib, hayvonot dunyosi vakillariga xabar beribshdi. Qushlar, qurt-qumursqalar, turli hil jonzodlar buni eshitib, yordamga oshiqishibdi. Ular yigitning hayotini saqlab qolishibdi. Yigit bir nech kun deganda o'ziga kelib, sevgan qizi vafot etganini eshitibdi-da, tog' daralarining ichkarisiga kirib ketibdi.

(davomi bor).

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 30.04.2015 17:30
- Категория: Xayotiy Xikoyalar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz