Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
O‘zbekistonlik qizga uylanish koreyslarga qanchaga tushishi aniqlandi

Janubiy Koreyada chet ellik ayollar bilan turmush qurish qator maishiy muammolarni keltirib chiqarayotgan va ko‘pchiligi ajrashish bilan yakun topayotgan bo‘lsa-da, xorijdan kelin topish kamaymayapti.

Janubiy Koreya Xalqaro oila assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, koreyalik bo‘ydoqlar bu borada mamlakatda har qadamda uchratish mumkin bo‘lgan to‘y agentliklari xizmatidan foydalanmoqda, deb yozadi Sof.uz.

Mo‘maygina pul evaziga to‘y agentliklari asosan O‘zbekiston, Xitoy, Filippin, Kambodja, Vьyetnam kabi mamlakatlardan kelin topish bilan shug‘ullanib keladi.

Janubiy Koreya Xalqaro oila assotsiatsiyasi to‘y agentliklarining o‘rtacha xizmat haqlarini e’lon qilarkan, narxlar turli hujjat ishlari va to‘y xarajatlarini o‘z ichiga olganligini qayd etib o‘tgan.

Unga ko‘ra, janubiy koreyalik bo‘ydoqlar O‘zbekistondan uylanish uchun to‘y agentliklariga o‘rtacha 23 ming 750 AQSh dollarini to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, koreyslar uchun Xitoydan uylanish 12,7 ming dollar, Vьyetnam, Kambodja, Filippin va Mo‘g‘ulistondan uylanish 14 ming dollar, Laos, Nepal va Tailanddan uylanish 18 ming dollarga tushadi.

Janubiy Koreya Milliy Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, mamlakatda chet ellik ayollar bilan turmush qurib, so‘ng tez orada ajrashish holatlari yildan yilga oshib bormoqda.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 05.05.2017 20:14
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz