Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Toshkentda Kelin tushadigan uyni jihozlash kuyov tomon zimmasiga yuklandi

Toshkent shahar hokimining 18 iyuldagi farmoyishiga asosan, “Toshkent shahrida o‘tkaziladigan o‘zbek millatiga xos to‘y-hasham, tantana, marosim va boshqa oilaviy tadbirlarni tartibga solish va ixchamlashtirish to‘g‘risidagi tavsiyaviy tartib” belgilandi, deb yozadi Uz24.uz.

Ushbu tartibni “Jamoatchilik kengashi” tomonidan tavsiya etilayotgan takliflar asosida Toshkent shahrining barcha mahallalarida keng targ‘ib qilish topshirildi.

Unga ko‘ra:
1. Nikoh to‘yi o‘tkazilayotganidan mahalla xabardorligini ta’minlash maqsadida FHDYo idoralari tomonidan nikohlanuvchi yoshlar ariza topshirayotgan vaqtida yashash joylaridagi mahallalardan ma’lumotnoma taqdim etishi;

2. To‘yxona, restoran va kafelarda o‘tkaziladigan tadbir ish kunlari soat 07:00 dan 09:00 gacha, 12:00 dan 14:00 gacha va 18:00 dan 23:00 gacha o‘tkazilishi;

3. Tadbirlarda taklif etilganlar sonining cheklanishi (200-300 kishiidan oshmasligi);

4. Tadbirda diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, faqat din sohasi vakili tomonidan ma’ruza qilinishi;

5. Inson tug‘ilishi bilan bog‘liq barcha tadbirlarni faqat yaqin qarindoshlar davrasida o‘tkazish;

6. Tug‘ruqxonadan olib chiqish tadbirini barcha sanitar normalariga rioya etgan holda, ortiqcha dabdabalarsiz tashkil etish;

7. Beshik to‘yi, o‘g‘il to‘yi va aqiqa kabi marosimlarni 20-30 nafardan iborat yaqin qarindoshlar o‘rtasida ortiqcha sarf-xarajat va tog‘oralarsiz o‘tkazish;

8. Nikoh to‘yi bilan bog‘liq marosimlar qisqartirilishi qat’iy belgilandi.

Shuningdek, aynan nikoh to‘yi bilan bog‘liq bir qator marosimlar bekor qilinib, bir-biriga o‘xshashlari birlashtirib yuborildi. Jumladan, oqo‘rar, unashtiruv va fotiha kabi marosimlar birlashtirilib, ortiqcha xarajatlarga chek qo‘yildi.

Bo‘lg‘usi qaynonalar tomonidan qimmatbaho xorijiy mebellar va boshqa jihozlar talab qilinishi taqiqlandi. Kelin tushadigan uyni jihozlash kuyov tomon zimmasiga yuklandi.

Bundan tashqari, kelin-kuyovning to‘yxonaga borish-kelishi uchun 1-2 ta avtomobilь xizmat ko‘rsatishi qat’iy belgilandi. Ayniqsa, litsenziyasi yo‘q xonandalarning to‘ylarda ishtirok etishi qattiq nazoratga olinib, qo‘shiqchilarni taklif etgan to‘y egalariga ham tegishli choralar ko‘riladigan bo‘ldi.

Qolaversa, 3 kunlik qovurdoq, quda chaqiriq va challari marosimlari bekor qilindi. Ramazon va Qurbon hayitlarida kelin tomonidan yuboriladigan yo‘qlovlarga chek qo‘yildi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 11.08.2017 11:59
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz