Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Birinchi yordam ko‘rsatishdagi 5 xato

1. Ochiq yaraga yod yoki zelyonka surtmang!

Tarkibida spirt bo‘lgan dori vositalari yarada chuqur kimyoviy kuyishni hosil qiladi. Natijada, yara uzoq bitadi. Ba’zi hollarda esa terida chandiq bo‘lib qoladi. Yod va zelyonka faqatgina kichik shilinishlarda qo‘llaniladi.

2. Tiqilib qolganda, yelkaga urmang!

Aks holda, tomoqqa tiqilgan narsa yanada chuquroqqa, ya’ni nafas yo‘llariga o‘tib ketishi mumkin.

3. Kuygan teriga yog‘ surtmang!

Yog‘ jarohatlangan teri kataklarini berkitib qo‘yadi, natijada kuygan joyga kislorod yetib bormaydi. Bu esa kuygan terining sekin bitishiga olib keladi. Teri kuyishlarida jarohatni muzdek suv tagida ushlab turing-da, so‘ng darrov shifokorga murojaat qiling.

4. Burin qonaganda boshni orqaga qilmang!

Bunday usul qonni to‘xtatishga emas, uning yo‘nalishini o‘zgartirishga yordam beradi xolos. Qon tomoq va hatto, oshqozonga tushishi mumkin. Undan ko‘ra, yelkalarni tik tutib o‘tiring-da, burun teshigiga 3 foizli vodorod pereksidiga botirilgan paxtani qo‘ying. Shuningdek burun ustiga muz bosishingiz ham mumkin.

5. Harorat ko‘tarilganda qavat-qavat kiyinmang!

Harorat ko‘tarilganda, issiqlik almashinuvi buziladi. Natijada tana va xona harorati orasidagi farqdan sovuq qota boshlaysiz va qavat-qavat kiyinasiz. Ammo bu ishingiz noto‘g‘ri. Isitma chiqqanida zarur preparalarni qabul qilib, peshonangizga nam sochiq qo‘yib yoting.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 25.04.2017 22:39
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz