Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Bosh og‘rig‘idan tabletkalarsiz xalos bo‘lish yo‘llari

Bosh og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi omillar bir qancha. Og‘riqdan tabletkalarsiz qutulishga uringan ma’qul. Ana shunday usullardan eng yaxshilarini quyida keltiramiz. Bosh og‘rig‘ida muzdek kompress foyda berishi mumkin. Muzday suvga botirilgan matoni peshona va chakkaga qo‘yamiz. Yana ham yaxshi foyda berishi uchun tuz(0,5litr suvga 1osh qoshiq tuz) yoki sirka(1litr suvga 1osh qoshiq sirka) qo‘shish mumkin. Choy — bosh og‘rig‘iga qarshi sinalgan vositadir. Qora yoki ko‘k choyni damlab yalpiz qo‘shamiz. Ta’bga ko‘ra shakar ham solsa bo‘ladi. Issiqqina ichsangiz og‘riq 10-15 daqiqada o‘tib ketadi. Yalpiz efir moyi ham bosh og‘rig‘ida yaxshi samara beradi. Yalpiz efir moyi bilan chakkalar uqalanadi. Yelka va bo‘yin ham qo‘shib uqalansa charchoqni olib tez foyda beradi. Oddiy suv yordamida bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lamiz. Bosh og‘rig‘ining oddiy va ko‘p uchraydigan sabablaridan biri — suvsizlanishdir. Ayniqsa, issiq ob-havoda yoki sport bilan shug‘ullanaganda. Shunday ekan kun davomida yetarli miqdorda toza suv ichish — bosh og‘rig‘ining oldini oladi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.05.2017 12:55
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz