Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Gormonal preparatlar zararlimi?

— Gormonal preparatlarning nojo‘ya ta’siri haqida turli gaplar eshitib, xavotirlanib qoldim. Chunki o‘zim ham gormonal dorilar ichaman. Ularning salbiy ta’siri qanday va qay holatda yuzaga kelishi mumkin?

Sadoqat Omonova, Oqqo‘rg‘on tumani

Nodira HAYDAROVA, shifokor-terapevt: — Gormonal preparatlar bemorning umumiy ahvoli va aniqlangan kasallik turiga ko‘ra belgilanadi. Gormonal terapiya faqat shifokor nazorati bilan amalga oshirilishi lozim. Gormonlar miqdorini nazorat qilish uchun har ikki oyda bir marta shifokor ko‘rigi belgilanadi. Bunda muolaja davomida organizmdagi gormonlar darajasi aniqlanib, keyingi turi belgilanadi. Gormonal preparatlar qabulini birdaniga to‘xtatib bo‘lmaydi. Bu jarayon sekin-astalik bilan amalga oshiriladi. Organizm kunlik qabul qiladigan moddalar hisobiga ham kerakli gormonlar miqdorini to‘ldirib boradi. Shu bois gormonlarni o‘zingizcha aniqlamang. Bilib-bilmay gormonal preparatlarni qabul qilish esa quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:

  • oshqozonda yara hosil bo‘lishi;
  • erkaklarda ginekomostiya (ko‘krakning kattalashuvi);
  • ayollarda semirish, tanadagi tuklarning ortishi;
  • Kushengoid (yuz tuzilishining oysimon shakli).
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 16.09.2017 16:07
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz