Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Issiq kunlarda uyqusizlik qiynasa…

Ba’zilar yozning jazirama kunlarida bexalovat bo‘lishadi, kechalari uxlolmay chiqishadi. Bunday vaqtda shifokorlar salat (kohu) barglarini ko‘proq yeyishni tavsiya qilishadi.

Rimlik mashhur hakim Galen keksaygan paytida uyqusizlik dardiga chalingan va salat barglari yordamida davolanib, bu kasallikdan qutulgan ekan. Xalq tabobatida salat asab tizimini tinchlantiruvchi va uyqu chaqiruvchi dorivor o‘t sifatida qadrlanadi.

Salat bargini yangiligida ko‘proq iste’mol qiling. Uning nim yashil barglarini qish uchun quritib qo‘ysangiz ham bo‘ladi. Ana shunda bu dorivor o‘t uyqusizlikni yengishda sizga yil davomida foyda keltiradi.

Retsept: 3-4 osh qoshiq quritilgan salat bargiga bir stakan qaynoq suv quyib, ikki soat damlab qo‘ying. Bir oy davomida har kuni 2-3 mahal iliq holda bir stakandan ichib tursangiz, samarasi yaxshi bo‘ladi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.07.2017 18:36
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz