Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Ko‘z ostidagi qora dog‘lar paydo bo‘lishining 5 ta sababi

Shifokorlar ko‘z ostidagi qora dog‘lar nima sababdan paydo bo‘lishini aniqladilar. Ko‘z ostida paydo bo‘ladigan qora dog‘lar hech kimga hush kelmasligi aniq. Barchaga ma’lumki, buning sababi surunkali charchoq, deb hisoblanar edi. Chunki yaxshilab mizg‘ib olgandan so‘ng ulardan asar ham qolmas edi. Biroq, barchasi biz o‘ylagandek oson emas. Mutaxassislar ko‘z ostidagi qora dog‘larning yana boshqa sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishini aniqladilar.

1. Noto‘g‘ri ovqatlanish

Agar yarim kechasi ovqatlanishni, sho‘r taomlar, ko‘p miqdorda qahva yoki choy ichishni yaxshi ko‘rsangiz, ko‘z ostingizda qora dog‘lar yoki shishlar paydo bo‘lishiga hayron qolmasangiz ham bo‘ladi. Tuz va kofein tanadagi suyuqlikni ushlab qolgani uchun yuzda shishlar va ko‘z ostida qora dog‘lar paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.

2. Noto’g’ri holatdagi uyqu

Sog‘lom va tetik bo‘lish nafaqat qancha vaqt uxlashimizga, balki uyquning sifatiga ham bog‘liq ekan. Noqulay divan yoki matras, noto‘g‘ri holatda yotish ham ko‘z ostida qora dog‘lar paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lar ekan. Shifokorlarning aytishicha, yuzni yostiqqa qo‘yib uxlaganda ko‘z ostida suyuqlik yig‘ilib qolar ekan. Shishlarning oldini olish uchun balandroq yostiqda yotish lozim. Uyqu uchun eng yaxshi holat bu chalqancha yotishdir.

3. Sifatsiz pardoz vositalari

Ko‘z ostidagi qora dog‘lar sifatsiz pardoz vositalaridan ham paydo bo‘lishi mumkin. Tush, ten, qalam yoki boshqa vositalarga allergiyani ko‘z atrofi qizarishidan bilib olish mumkin. Bunday holatda ushbu pardoz vositalardan vos kechining.

4. Ko‘zni ishqash odati

Ko‘z ostidagi teri juda yumshoq va nozik bo‘lib, uni nojoiz harakat bilan jarohatlantirib qo‘yishingiz mumkin. Qolaversa unda juda ko‘p kapillyar tomirlar o‘tgan. Shuning uchun ko‘z ostidagi nozik teri osonlik bilan ko‘karib qolishi mumkin.

5. Kompyuter, noutbuk, smartfon

Ko‘z nervining uzoq vaqt zo‘riqishi tomirlar kengayishiga olib keladi. Bu esa ko‘z ostida xunuk qora dog‘lar paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli kun davomida kompyuter oldida ishlaydiganlar yoki smartfondan bo’shamaydiganlar bu haqda o‘ylab ko‘rishlari kerak.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 12.11.2017 15:49
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz