Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Lab bo‘yog‘i inson uchun xavfli ekan

Ko‘plab ayollar chiroyiga chiroy qo‘shish uchun lab bo‘yoqlaridan foydalanadilar. Biroq, bunday go‘zalikning aks ta’siri ham bor. Olimlar lab bo‘yog‘i kariyes paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkinligini aniqladilar. 

Bu borada San-Paolo universitetining ilmiy mutaxasisslari tadqiqot olib bordilar. Natijada lab bo‘yog‘i tishlarga jiddiy zarar keltirishi va kariyes paydo bo‘lishiga olib kelishini aniqladilar.

Braziliya olimlari buning sababi lab bo‘yog‘ining tarkibida ko‘p miqdorda mavjud bo‘lgan qattiq parafin ekanligini aniqladilalr. Aynan parafin tishlarga salbiy tasir ko‘rsatadi.

Mutaxassis Antonio Xabyerning aytishicha, lab bo‘yog‘ida ushbu modda juda kam miqdorda bo‘ladi, biroq u kuniga bir necha bor ishlatilsa haqiqatdan ham tishlarga ziyon yetkazadi. Parafin tishlarga ovqat qoldiqlari bilan birga bakteriyalarni ham biriktirib qo‘yadi.

Lab bo‘yog‘idan muntazam foydalanilsa zararli moddalar tish emalini qoplashni boshlaydi. Buni oddiy ko‘z bilan ko‘rishning iloji yo‘q. Biroq, vaqt o‘tgach lab bo‘yog‘i tish emalini yemirishni boshlaydi. 

Shunday qilib, mutaxassislar lab bo‘yog‘idan voz kechishni yoki tishlar uchun maxsus himoya kremlaridan foydalanishni tavsiya qiladilar.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 12.11.2017 15:49
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz