Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Magniy – asabni tinchlantirish uchun

Kichkintoyingiz bo‘yin, bosh va kurak sohasidagi og‘riqlardan shikoyat qilayaptimi? Ehtimol oyoq-qo‘llari uvishayotgandir? Bu belgilar organizmga magniy yetishmayotganidan darak.

Foydasi: organizmda oqsil va uglevod almashinuvini nazorat qiladi, xolesterinni kamaytiradi, asabni tinchlantirib, og‘riqlarni bartaraf etadi.

Kunlik miqdori: 1-12 yosh va undan katta bolalar uchun kunlik miqdori 600-1700 mg.ni tashkil etishi mumkin.

Me’yordan oshsa: ko‘ngil aynishi, jizzakilik, qorin sohasida og‘riq kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

Muhim! Magniy kalsiy va temir moddalari bilan bir vaqtda qabul qilinmaydi. Qolgan vitamin va mikroelementlar bilan esa miqdori nazorat qilinganda zararli ta’siri kuzatilmagan.

Profilaktika: taomnomaga yormalar, dukkakli o‘simliklar, yong‘oq, bodom, salat bargi, banan kabi maµsulotlarni asta-sekin qo‘shib borsangiz va tartibini nazorat qilsangiz, magniy yetishmovchiligi yuzaga kelmaydi.

Dorixonalarda: shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra Magne V6 (6 oygacha bo‘lgan bolaga 4/1, yoshidan oshganlar uchun esa 0,5 tadan 1 mahal) preparati tavsiya etiladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 11.12.2017 20:39
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz