Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Mavsumiy allergiyani aniqlash va davolashning usullari

Allergiya tashqi va ichki muhitning turli omillariga inson tanasi sezuvchanligining ortishi bo‘lib, bunda immun tizimidagi buzilish sababli tana xavfsiz moddalarni xavfli, deb qabul qiladi va himoya tizimini ishga tushiradi. Natijada esa, burun oqishi, ko‘z yoshlanishi, qichishish, teri toshmalari paydo bo‘ladi.

Bahorda sodir bo‘ladigan tabiat o‘zgarishlari, daraxtlar gullashi, o‘simliklardan ajraladigan chang zarralari organizmga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu vaqtda immun tizimi sustlashgan bo‘lsa, allergiyaga moyillik yuz berishi mumkin.

Mavsum allergiyasi asosan gul changlari evaziga yuz beradi va bu tibbiyotda pollinoz deb ataladi.

Allergiyaning 3 davri:

Boshlang‘ich davri mart oyining boshidan may oyi o‘rtasigacha, ya’ni daraxtlar gullashi paytiga to‘g‘ri keladi.

Ikkinchi davri may oyidan iyulning oxiri, avgust boshigacha davom etadi. Bu vaqtda dala o‘tlari gullaydi.

Uchinchi davri boshoqli o‘simliklar, shuvoqning gullashi bilan bog‘liq bo‘lib, avgust oyidan noyabrgacha cho‘ziladi.

Mart oyida yuz berish ehtimoli mavjud allergiya xurujiga chap bera olsangiz, keyingi davrlaridan osongina o‘tib olasiz.

Allergiya har yili takrorlanadimi?

Agar dastlabki muolaja to‘liq bajarilmagan bo‘lsa, allergiya har mavsum qaytalanishi mumkin. Mazkur xastalik bir umrlik hukm bo‘lmasa-da, ammo kerakli dori vositalarini qabul qilish barobarida parhezga rioya etishni ham talab etadi. Hatto arzimasdek tuyulgan istisno kunlari ham allergiya xurujlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatma

Bahor oylarida taomnomangizda dukkakli mahsulotlar, shirinlik, asal, yong‘oq, tuxum, qahva, kakao, qulupnay, pomidor, sitrus mevalari kamroq ishlatilishiga ahamiyat bering. O‘simlik changlari, hayvon tuklari, o‘tkir va yoqimsiz hidlardan nariroq yuring. Uy xonalarini tez-tez shamollatib turing. Shunda mavsum o‘zgarishlaridan osongina o‘tib olasiz.

Mustaqil aniqlash mumkinmi?

Odatda, allergiya tumov va ko‘z yoshlanishi bilan kechadi. Shamollashning dastlabki belgisi esa et uvishishi, ya’ni sovuq qotishdir. Qolaversa, shamollashingizda lanjlik, bosh og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi kabi alomatlarni sezasiz. Allergiyada esa bunday bo‘lmaydi. Ikkisini farqlashda qay holatda boshlanganiga e’tibor bering. Masalan, ko‘cha-ko‘yda yurganingizda tez-tez aksirish yoki ko‘z yoshlanishi kuzatilsa, tomog‘ingiz qichishayotgandek bo‘lsa, biror yopiq xonaga kirib olmaguncha davom etishiga diqqat qiling. Xonaga kirgach, bezovtaliklar to‘xtasa, allergiyaga moyilligingiz bor. Aksincha, bezovtaliklar davom etaversa va ular qatoriga boshqa alomatlar ham qo‘shilsa, muammo allergiyada emas. Bu vaziyatda shifokor ko‘rigi talab etiladi.

Dukkakli mahsulotlardan ehtiyot bo‘ling

Agar sizda mavsumiy allergiya xurujlariga moyillik bo‘lsa, iste’mol qilayotgan mahsulotlaringizga diqqat qiling. Sababi, mahsulotlarga allergiya mavsum tanlamaydi. Bezovtalikning qo‘zg‘alishiga olib keluvchi – mosh, loviya, no‘xat, qorag‘at, maymunjon, qulupnay, olcha, gilos, asal va yong‘oqni shu bugundanoq cheklang.

Madina Muhammadiyeva

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 13.04.2017 21:32
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz