Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Mevalarning foydali va shifobaxsh xislati

Olma

Olma qon tarkibidagi xolesterin miqdorini pasaytirish xususiyatiga ega. Uning po‘stlog‘i saraton kasalligini oldini olishda foydali hisoblanadi. Olmani po‘stlog‘i bilan yeyishga harakat qiling. Bu tarzda iste’mol qilish orqali organizmga kversetin va vitamin S kiradi.

Lab yorilganda qirg‘ichdan chiqarilgan olmaga yog‘ aralashtirib surish tavsiya etiladi.

Tarvuz

Tarvuz tarkibida oziq moddalar bilan birga V 1, V 2, S, RR vitaminlari, karotin, qand mavjud. Ular organizmda moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilish tizimini yaxshilash imkonini beradi. Issiq kunlarda ko‘p miqdorda tarvuz yeyish orqali ortiqcha vazn muammosidan qutulish mumkin.

Kuygan joyga tarvuz qo‘yish kerak.

Banan

Banan sportchilarning mevasi hisoblanadi. Chunki u insonga energiya bag‘ishlash xususiyatiga egadir. Sport maydonchasida bir yarim soat tinimsiz shug‘ullanish uchun ikkita banan yeyish kifoya qilar ekan. Buni tadqiqotlar ko‘rsatmoqda. Uning tarkibida V 6 vitamini mavjud bo‘lib, u qondagi glyukoza miqdorini me’yorlashtirib, kayfiyatni yaxshilaydi. Banan kamqonlikda yordam beradi. Kaliy moddasi yurak faoliyatini va organizmdagi suv balansini yaxshilaydi.

Yoz faslida ko‘pchilikni chivin chaqib, bezovta qiladi. Bu paytda qiynalmaslik uchun banandan samarali foydalaning. Chivin chaqqandan so‘ng banan po‘stlog‘ini qo‘yish kerak.

Nok

Uning tarkibida ko‘p miqdorda qand, ferment, mikroelementlar (misol uchun yod) va V 1, R, RR vitaminlari mavjud. Shu bois, nok sharbati tana a’zoga foydali hisoblanadi. Nok yaralarni tez fursatda bitishiga yordam beradi. Haroratni tushirish xususiyatiga ham ega. Nok tarkibidagi kaliy yurak faoliyatini yaxshi ishlashini ta’minlaydi. Nok yod moddasiga boy bo‘lib, qon tomirlari faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi. Nok mevasi ichak faoliyatini yaxshilab, bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyatiga ham ega hisoblanadi.Uning hidi qancha xushbo‘y bo‘lsa, shuncha foydalidir.

Nokdan tayyorlangan niqob sepkillarni yo‘qotishda yordam beradi.

Apelьsin

Apelьsin – S vitaminiga boy bo‘lish bilan birga, klechatkaga boy hisoblanadi. Bundan tashqari, apelьsin tarkibida xolesterin miqdorini kamaytirish, qondagi qand moddasini pasaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan pektin va foydali moddalar bor. Bu tabiatning ne’mati bo‘lishi apelьsin ayniqsa, qandli diabet bilan og‘ruvchi kasallarga foydali hisoblanadi.

Apelьsin oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, organizmni tozalash xususiyatiga ham egadir.

Olxo‘ri

Olxo‘ri temir moddasiga boydir. Olxo‘ri ayniqsa, jig‘ildon qaynaganda, ichak faoliyatidagi keraksiz moddalarni chiqarishda yordam beradi. Shu bilan birga, ateroskleroz, bod (revmatizm) kasalligida foydalidir.

Olxo‘rining ishtaha ochuvchi xususiyati e’tiborga molikdir.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 08.08.2017 19:59
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz