Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Ming dardga davo bodrezak!

O‘rta Osiyo mamlakatlarida bodrezak faqat manzarali o‘simlik sifatida ekiladi. Mevasidan murabbo, kompot, jem, kiselь pishiriladi, piroglarga solinadigan masalliq, mors va boshqa ichimliklar tayyorlanadi. Mevasidan olingan shiradan ovqatga ishlatiladigan mahsulotlarni bo‘yash uchun foydalaniladi.

Tabobatda qo‘llanilishi

Bodrezak mevasi tarkibida 32 foizgacha qandlar, organik (sirka, izovaleriana, chumoli va boshqa) kislotalar, vitamin S va vitamin R, karotin, minerallar (marganets, rux), pektin, oshlovchi va boshqa moddalar, urug‘ida 20 foizgacha yog‘ bor.

Xalq tabobatida bodrezak mevasi me’da-o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun va siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi.

Tibbiyotda asosan poya va shoxlarning po‘stlog‘i ishlatiladi. Po‘stloq tarkibida viburnin glikozidi, vitamin S va K, karotin, triterpen saponinlar, organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bo‘ladi.

Po‘stlog‘idan tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakt bachadondan qon ketishida qon oqishini to‘xtatish hamda hayz ko‘rganda paydo bo‘ladigan og‘riqni qoldirish uchun qo‘llaniladi.

Bodrezak mevasi vitaminli choylar tarkibiga kiradi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 11.12.2017 20:39
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz