Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Nondan voz kechish uchun 5 xil mazali taklif!

Yoz kelmoqda, ammo ortiqcha kilogrammlar hech tark etgisi kelmayaptimi? Parhez tutayapsiz-u, kutilgan natija yo‘qmi? Unda chinakamiga samarali usullarni qo‘llash vaqti keldi. Chiroyli qomat siri oddiy: nondan voz kechish! Qiyinmi? Osondan ham oson! Quyida so‘zimizning isboti bilan bo‘lishamiz.

1. Salat bargi va losos

Bu mazali taom tanani Omega-3 yog‘ kislotalari bilan to‘yintirib, uzoq vaqtga ochlik hissidan himoya qiladi.

2. Bulg‘or qalampiridan sendvich

Ushbu sendvichda bulochaka o‘rnini bulg‘or qalampiri egallaydi. Sendvich ham mazali, ham to‘yimli bo‘lishi uchun fantaziyangizni ishga soling. Masalan pishloq, ismaloq va qovurilgan baqlajon bo‘lagidan tayyorlab ko‘ring.

3. Baqlajon, pomidor va qo‘ziqorin

Bu sendvichning asl ta’mini totib ko‘rishni istasangiz, baqlajonni gril yoki gaz pechida pishirib oling. So‘ng pomidor, qo‘ziqorin va salat bargidan ustma-ust qilib pishirilgan baqlajonlar orasiga qo‘yib yeng. Istasangiz, sarimsoq piyozni maydalab solishingiz mumkin.

4. Bodringli buterbrod

Bu noodatiy taom nafaqat ochlikdan, balki chanqoqdan ham xalos etadi. Bodringni o‘rtasidan teng ikki bo‘lakka bo‘lib, urug‘ini olib yeng yoki yuzga niqob qiling. Tayyor qayiqchalar ichiga qaynatilgan kurka yoki tovuq go‘shti, pomidor va boshqa istalgan sabzavot va go‘shtlarni soling-da, yoqimli ta’mdan rohatlaning.

5. Pomidorli gamburger

Kotlet yoki boshqa go‘sht mahsulotlarini pomidor kattaligida tayyorlab oling. Pomidorni ikki qismga ajratib, o‘rtasiga kotlet va pishloqni qo‘yib gamburger tayyorlang. Gamburgerni tish kavlagich bilan mustahkamlash esingizdan chiqmasin.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 25.04.2017 22:41
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz