Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Ochlik hissini aldashning 5 yo‘li

Parhez qilishni boshlayotgan ko‘pchilik qizlar ochlik hissini qanday yengish kerak degan qiyin savolga duch keladi. Axir, go‘zallik o‘z yo‘li bilan va xushbichim bo‘lishga intilish maqtovga loyiq bo‘lsa-da, lekin yeyishni hamma ham xohlaydi. Quyida ochlik hissini aldashning ba’zi yo‘llari keltirilgan.

Tez-tez ovqatlanish yordamida aldash

Kam-kamdan ko‘p marta ovqatlanish ishtahani yo‘qotishga yordam beradi. Bir kunda 2—3 marta ovqatlanish rejimidan ko‘ra oz-ozdan va tez-tez 5—6 martagacha yeyish yaxshiroq. Bu holatda to‘yish hissi paydo bo‘ladi, me’da esa kengaymaydi.

Uxlashdan oldin aldash

Bir piyola shakarsiz choy, uzvara, o‘tli qaynatma yoki limon sharbati qo‘shilgan suv ochlik hissini pasaytirishga yordam beradi.

Vizual tarzda aldash

Ayyor psixologik usulning ma’nosi shundaki, ovqatlanish uchun kichkina idish tanlanadi. Bu oddiygina ko‘zni aldash tufayli likop kichkina bo‘lsa ham to‘la ko‘rinadi. Va siz uni bo‘shatganingizda to‘yish hissi paydo bo‘ladi.

Ranglar yordamida aldash

Qizil, to‘q sariq va sariq  ranglarning iliq turlari ishtahani ochadi. Yashil va moviy ranglar esa aksincha biroz tinchlantiradi. Shuning uchun oshxona va boshqa xonalar ranglarini qaytadan ko‘rib chiqing va parhez vaqtida bunday ishtahani ochadigan ranglardan uzoqroq yuring.

Hidlar yordamida aldash

Ba’zi hidlar ishtahani pasaytirish xususiyatiga ega deb hisoblanadi. Koritsa, vanilin va qahva bilan do‘stlashishga harakat qiling. Hatto qahva donini yoki bir chimdim ezilgan koritsani biroz chaynash ham mumkin. Ishtahani ochadigan ziravorlarni esa yaxshisi uzoqroqqa yashirib qo‘ying.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 18.05.2017 18:47
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz