Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Olimlar: Uy taomlari diabet xavfini kamaytiradi

Uy ovqatlarini iste’mol qiluvchi insonlarda fastfud va yarimfabrikat mahsulotlarini yeydiganlarga nisbatan  qandli diabet kasalligining ikkinchi toifasiga chalinish xavfi kamroq bo‘ladi. Harvard maktabining jamoat sog‘liqni saqlash olimlari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari  PLOS Mediсine jurnalida chop etildi.

Tadqiqot ko‘ngillilarning oziqlanish odati bo‘yicha ma’lumotlarga asoslandi. Ma’lum bo‘lishicha,  5–7 hafta davomida uyda taom iste’mol qilgan tadqiqot ishtirokchilarida uy ovqatlarini kam tanovul qiluvchilarga nisbatan diabetning ikkinchi turiga chalinish 15 foizga kamaygan. Buni quyidagicha tushunish mumkin:  uydan tashqarida ovqatlanishga moyil insonlar yuqori energetik qiymatli mahsulotlar va kam miqdordagi ozuqa moddalarini iste’mol qilishadi. Bu esa diabetning ikkinchi turi paydo bo‘lish xavfini oshirib, ortiqcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.

Diabet kasalligini oldini olishning an’anaviy strategiyasi oziqlanish odatlarini o‘gartirish va jismoniy faoliyatni kuchaytirishni talab qiladi.  Olimlar fikricha, ular amalga oshirgan tadqiqot va xulosa diabet profilaktikasida foydali bo‘ladi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 13.04.2017 21:42
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz