Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Ovqatdan zaharlanganda qanday choralar ko‘rish kerak?

Yozning jaziramasida kunlarida oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlari ko‘p uchraydi. Chunki issiq kunlarda oziq-ovqat mahsulotlari tez buziladiQolaversadam olish maskanlariga borganimizda turli-tuman ovqatlarni aralashtirib iste’mol qilamiz va natijada oshqozonimizni qiynab qo‘yamiz.

Ko‘paygan bakteriyalar sababchi

Zaharlanishga oshqozon-ichak tizimida ma’lum bakteriyalarning ko‘payib ketishi sababchi bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, bunda oshqozon va ichakda «achish» sodir bo‘ladi.

Sut mahsulotlaridan zaharlanish asoratlari yarim soatdan keyin o‘zini bildira boshlasa, mevalardan zaharlanish natijasini 2-3 soatdan keyin ko‘rishingiz mumkin. Go‘shtli yoki yog‘li ovqatlar esa sekin hazm bo‘lgani bois 3-6 soatdan keyin ta’siri seziladi.

Ko‘ngil aynishi, qayt qilish orqali organizm o‘zidagi zararli narsalarni chiqarib tashlashga harakat qiladi.

Ba’zi hollarda ich ketishi, bosh og‘rishi, tana harorati ko‘tarilishi kuzatiladi. Ammo bu har doim ham uchramasligi mumkin. O‘z holatini tushuntirib bera olmaydigan bolalarda esa:

  • ich ketishi, qayt qilish;
  • lanjlik, yotib olish, rangi o‘zgarishi;
  • og‘zidan yomon hid kelishi;
  • qorni shishishi, qorin g‘uldirashi;
  • uncha yuqori bo‘lmagan isitma chiqishi;
  • ishtaha yo‘qligi yoki ortiqcha suv ichish kuzatiladi.
  • Ich qotiradigan dori vositalari ichganingizdan so‘ng 1-2 soat o‘tgach ham ich ketishi to‘xtamasligi ichak infeksiyasi (dizenteriya)dan dalolat bo‘lishi mumkin.
  • Buyrak, jigar va boshqa ichki a’zolar atrofida og‘riq his qilsangiz;
  • qattiq bosh og‘rig‘i. Bu ko‘pgina kasalliklarning alomati hisoblanadi. Odatda zaharlanganda bosh og‘riq kishi qayt qilishi bilan o‘tib ketadi.
  • Yuqori tana harorati, ortiqcha terlash, nafas yetmasligi va zaharlanishga xos bo‘lmagan holatlar. Chunki bu zaharli yoki zaharli kimyoviy vositalar bilan ishlangan mahsulotlar (qo‘ziqorin, noto‘g‘ri saqlangan konservalar va h.k.) bilan zaharlanish sodir bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.

Zaharlanishni oddiy behuzurlikka yo‘ymang va mustaqil ravishda davolashga ham harakat qilmang.

Zaharlanishda birinchi yordam

Zudlik bilan «Tez yordam» chaqiring!

Ehtiyot bo‘ling!

Ko‘katlar. Yoz taomlarini ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ko‘katlarni iste’mol qilishdan avval bir necha marotaba yaxshilab yuving.

Tuxumda salьmonellez bakteriyasi yashirin bo‘lishi mumkin. Shu sababli nonushtaga tuxum qaynatmoqchi bo‘lsangiz, uni 7 daqiqa qaynating, qovurmoqchi bo‘lsangiz, 5 daqiqadan kam vaqt qovurmang. Shuningdek, xom tuxumdan tayyorlangan mahsulotlarni (masalan, kremlar) iste’mol qilish ham tavsiya etilmaydi.

Kartoshka. Yangi chiqqan kartoshka hech qanday zaharlanishga olib kelmaydi. Ammo eski, o‘tgan yilgi kartoshkani iste’mol qilishda ehtiyot bo‘ling.

Pishloq. Ayniqsa, homilador ayollar yumshoq pishloqlar iste’mol qilmaganlari ma’qul. Chunki pishloqda Listeria bakteriyasi bo‘lishi mumkin. U esa homila tushishiga olib keladi.

Muzqaymoq. Erib qolgan yoki erib, qayta muzlatilgan muzqaymoqlarni yemang.

Shifokor Behzod Rahimqulov tavsiyalari asosida tayyorlandi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 11.08.2017 11:59
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz