Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Oziq-ovqatlarni xom ko‘rinishda yeyish qoidalari

Oziq-ovqatlarni xom yeyish deganda, butunlay xom emas, balki xomlik darajasi qoidaga asosan bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Ya’ni, mahsulotning qizdirilish harorati 40-45° darajadan oshmasligi kerak.

Issiq ishlov berishni taqiqlashdan tashqari, xom yeyishda faqat organik, tabiiy va ishlov berilmagan mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Xom yeydiganlar go‘sht, sut, tuxum kabi hayvonlardan olinadigan oziq-ovqatlardan voz kechadi.

Bir salatning ikki tomoni

Olovda pishirish taqiqlangani uchun ovqatlanish turli xil meva va sabzavotlardan iborat bo‘ladi. Bu juda katta foyda keltiradi. Chunki, meva va sabzavotlar qancha ko‘p bo‘lsa, vitaminlar, minerallar, antioksidantlar va boshqa muhim mikroelementlar ham shuncha ko‘proq bo‘ladi.

Lekin, shifokorlar nuqul xom ovqatlar yeyishning o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bo‘lishini doim ogohlantiradi: ovqatlanishning bunday qat’iy cheklanishi xom yeydiganlarda turli xil moddalar yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Ayniqsa bu hayvonlardan olinadigan mahsulotlar tarkibida uchraydigan foydali moddalar: oqsillar, kalьsiy, B12 vitamini, rux va omega-3 yog‘ kislotalariga tegishli.

Xom yeyish sinab ko‘rishga arziydimi?

Agar siz bunday parhezga o‘tishni xohlasangiz, avval parhezshunos bilan maslahatlashing. U sizga mos keladigan ovqatlanish rejasini tuzishda yordam beradi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 13.04.2017 21:40
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz