Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
«Qovog‘imning ustiga bez chiqdi…»

— Yoshim 29 da. Yaqinda ko‘z qovog‘imning ustki qismida kichik bez tugunchasi hosil bo‘lganiga ko‘zim tushdi. Ko‘rish qobiliyatim yaxshi, sog‘ligimda ham hech qanday bezovtalik yo‘q, ammo bez yuzaga kelishining boisi nima bo‘lishi mumkin, shuni tushunolmayapman?..

Nigora Ahmedova, Toshkent shahri

Nodira RASULOVA, shifokor-okulist:

— Ko‘z qovog‘ining yuzasida paydo bo‘lgan bez shish bo‘lishi ham mumkin, xulosa qilishga shoshilmang. Siz aytayotgan bez qichishish, achishish yoki og‘riqni keltirib chiqarmayaptimi? Vaziyatga aniqlik kiritishda ana shu savollarga ham javob topish darkor. Qovoqning chetidan qovoqning ichki tarafida joylashgan teri bezlariga infeksiya tushishi yallig‘lanishni hosil qiladi. Yiringning qotib qolishi esa siz aytayotgan bez ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tibbiy ko‘rik xulosasi bez deyayotganingiz qotib qolgan yiring ekanligini ko‘rsatsa, oftalmolog teriga maxsus inьyeksiya yuborish orqali yiringni tortib olish amaliyotini bajaradi. Bordi-yu qovoq ustida hosila haqiqatan ham o‘sma bo‘lsa, onkolog ko‘rigidan so‘ng kerakli davo choralari qo‘llaniladi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 11.12.2017 20:39
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz