Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Shamollash yangi boshlangan hollarda qanday qilib tez oyoqqa turish mumkin?

Bosh og‘riydi, et uvishishi boshlanadi, butun badaningiz qaqshab og‘riydi… Kasallikning bunday birinchi alomatlari hammaga tanish bo‘lsa kerak. Agar aynan hozir kasal bo‘lish hech mumkin emas bo‘lsa, masalan: kechqurun taqdimot yoki boshqa muhim tadbir bo‘lsa nima qilish kerak?

Avval vaziyatni aniqlash kerak: bu grippmi yoki nafas yo‘llarining o‘tkir virusli infeksiyasimi? Birinchi holatda lohaslik tez rivojlanadi, harorat keskin ko‘tariladi (balki 40 darajagacha), bosh og‘riydi, mushaklarda og‘riq, ko‘ngil aynish va qayt qilish kuzatiladi.

Gripp kasalligining boshlang‘ich bosqichida tumov va yo‘tal bo‘lmaydi. Gripp taxmin qilinganida, shifokorlar darrov mutlaqo «taslim bo‘lish» — uyda qolishni va shifokor chaqirishni tavsiya qiladi. Aks holda yomon oqibatlarga olib keladigan va hayot uchun xavfli bo‘lgan asoratlar qolishi mumkin.

Agar nafas yo‘llarining o‘tkir virusli infeksiyasi bo‘lsa, unda mustaqil ravishda kurashish mumkin. Bu kasallikning birinchi alomatlari — tomoqning qichishishi, tumov va yo‘tal, shuningdek haroratning ko‘tarilishi. Shuning uchun birinchi navbatda organizmda kasallikni rivojlantiruvchi manbalarga hujum qilishni tashkillashtirish kerak.

Shamollash yangi boshlanganda tez oyoqqa turishga yordam beruvchi qadam

Birinchi qadam — tumovdan qutulamiz

Burunni tuzning kuchsiz eritmasi yoki moychechak damlamasi bilan yuvishni boshlash kerak, bu amal virusning shilliq qavatlarga o‘rnashib olishi va chuqurroq kirib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Xonaning havosi haddan tashqari quruqlashib ketmasligi uchun batareya yoniga idishga suv solib qo‘ying. Infeksiya tarqalmasligi uchun esa tez-tez shamollatib turing.

Ikkinchi qadam — tomoqni davolaymiz

Tomoqni vaqti-vaqti bilan furatsilin yoki moychechak damlamasi bilan chayqab turing. Yoki quyidagi usulda aralashma tayyorlang: 1 ch. q. tuz, 1 ch.q. soda va 3-5 tomchi yod. Shimish uchun tabletkalar sotib oling. Bo‘yinga — issiq ro‘mol.

Uchinchi qadam — yo‘talni davolaymiz

Eng ishonchli vosita – evkalipt, oqqarag‘ay va choy daraxti efir yog‘lari yoki — mavrak, qizilpoycha va zupturum kabi dorivor o‘tlar bilan ingalyasiya qilish. Asal qo‘shilgan o‘tli choylar yoki oddiy suvni iliq holda ichish.

To‘rtinchi qadam — immunitetni mustahkamlaymiz

Agar harorat 38,5 darajadan oshmasa isitmani tushiruvchi vositalarni qo‘llamaslik lozim. Bu organizm butun kuchini ishga solib infeksiya bilan kurashayotganini bildiradi. Bunda unga ko‘p miqdorda S vitamini tabletkalari, yoki sitruslilar masalan, greypfrut ekstrakti yordam beradi.

Beshinchi qadam — organizm uchun hordiq

Bu choralarni qo‘llab, kuch to‘plash uchun o‘zingizga imkoniyat bering. Yaxshisi o‘zingizni og‘ir ovqatlardan tiying, ko‘proq suyuqliklar (mors, choy yoki suv) iching, yoting va uxlashga harakat qiling.

Biroz vaqt o‘tgandan so‘ng o‘zingizni yaxshiroq his qila boshlaysiz va tadbirga yoki muhim uchrashuvga qatnashishingiz mumkin. Lekin undan keyin — shamollash kuchayib ketmasligi uchun albatta davolash ishlarini davom ettiring.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 16.09.2017 16:07
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz