Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Terlashga qarshi 7 samarali usul

Yoz keldi, deguncha ko‘pchiligimiz terlash muammosidan bezovta bo‘la boshlaymiz. Ammo ushbu muammoni hal qilishning zamonaviy choralari mavjud. Ular haqida dermatolog-shifokor Nodira AKROMOVA ma’lumot beradi.

1. To‘g‘ri ovqatlanish juda muhim

Agar sizni surunkali ravishda ortiqcha ter ajralishi bezovta qilayotgan bo‘lsa, kofein va teobromin moddalariga boy mahsulotlarni iste’mol qilmang. Ya’ni choy, qahva, kakao, shokolad va shirin gazlangan suvlardan ehtiyot bo‘ling. Achchiq, sho‘r hamda spirtli mahsulotlar ham ortiqcha tashvishlarga sabab bo‘ladi. Agarda sabzi, grechixa, anjir va ko‘katlardan ko‘proq iste’mol qilsangiz, terlashni oz bo‘lsa-da kamaytirgan bo‘lasiz. Kalьsiyga boy mahsulotlardan ham tanovul qilishga odatlaning.

2. Davolovchi antipersperantlar

Oddiy dezodarat va antipersperantlar o‘rniga tarkibida alyumoxlorid, ruh va … moddalari 30 foizdan kam bo‘lmagan maxsus vositalardan foydalaning. Ularni muntazam ravishda qo‘llash ter ajralishining kamayishiga yordam beradi. Ammo ba’zi hollarda terining yallig‘lanishiga sabab bo‘lganligi tufayli davolanishni to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Shu sababdan ushbu vositalarni qo‘llashdan avval dermotolog-shifokor bilan maslahatlashish zarur.

3. Elektrofarez muolajasi

O‘zgaruvchan toklarning ter bezlariga ta’sir qilishi organizmda ter ajralishining normallashishiga sabab bo‘ladi. Odatda 8-9 muolajadan keyin samara yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu usul oyoqlari terlaydiganlar uchun juda foydali.

4. Botulotoksin in’yeksiyasi

Qo‘ltiqosti gipergidrozida, ayniqsa, samarali hisoblanadigan ushbu usul tananing ma’lum qismlariga maxsus suyuqlik yuborish orqali amalga oshiriladi. Muolajadan so‘ng natijani 6-8 oy davomida ushlab turish mumkin.

5. Psixoterapevtik usul

Buni qarangki, kuchli hayajon, qo‘rquv yoki stress ham inson tanasida ko‘p miqdorda ter ajralishiga sabab bo‘lishi mumkin ekan. Muammoning oqibati bilan emas, sabablari bilan kurashishni istasangiz, ruhshunosga murojaat qiling.

6. Lazer terapiyasi

Lazer nurlari ter bezlari faoliyatini to‘xtatib qo‘ygani tufayli amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Muolaja 20-30 daqiqa davom etadi va og‘riqsiz kechadi. Natija bir martadayoq sezilganligi tufayli amaliyotga qayta-qayta murojaat qilishga hojat qolmaydi.

7. Jarrohlik

Simpatik asab tolalariga jarrohlik yo‘li bilan maxsus tok yordamida ta’sir o‘tkazish orqali ham muammodan xalos bo‘lish mumkin. Ammo yodingizda bo‘lsin, bu usul faqat boshqa davolash choralari samara bermagandagina qo‘llaniladi. Ko‘pincha u qo‘l yoki oyoq kaftlari terlaydigan kishilarga tavsiya etiladi. Muolajaga kirishishdan avval amaliyot narkoz ostida bajarilishini ham yodingizda saqlang.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.07.2017 18:36
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz