Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Tirnoqlardagi o‘zgarishlar salomatlikka aloqador qanday muammolardan darak beradi?

Salomatlik — e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan eng muhim narsadir. Organizmning qanday ahvolda ekanligini bilish uchun vaqti-vaqti bilan shifokor huzuriga borib turish kerak. Biroq sog‘lig‘imiz joyida ekanligini bilishning boshqa usullari ham bor, chunonchi, buni tirnoqlarga qarab bilib olish mumkin. Tirnoqlarning ko‘rinishi ko‘p narsadan darak berishi mumkin. Maqolada bu haqda batafsil o‘qib olishingiz mumkin.

Tirnoqdagi oq dog‘lar organizmga ba’zi vitaminlar (xususan, A, E, S), shuningdek, rux, kalьsiy va temir moddalari yetishmayotganini bildiradi.

Qavat-qavat bo‘lib ko‘chayotgan tirnoqlar zamburug‘lar tufayli yuzaga keladigan kasalliklar, moddalar almashinuvi, hayz sikli va tuxumdonlar funksiyalarining buzilishidan darak berishi mumkin.

Tirnoqlardagi taram-taram pushti chiziqlar tirnoq plastinkasining shikastlangani yoki yurak-qon tomir tizimidagi muammolardan so‘zlashi mumkin.

Uzunasiga tushgan tarnovchalar organizmga suyuqlik yetishmaganda paydo bo‘ladi. Shuningdek, bu moddalar almashinuvining buzilishi yoki bo‘g‘imlardagi muammolar belgisi bo‘lishi mumkin.

Tirnoqlar egri-bukri shaklda bo‘lsa, bu organizmda temir yetishmasligidan anemiya kelib chiqqan, shuningdek, o‘pka yoki yurakda muammolar bor demakdir.

Tirnoq plastinkasining oq rangda bo‘lishi jigar xastaliklari yoki oshqozon-ichak yo‘li muammolaridan darak beradi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 04.12.2017 21:46
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz