Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Kitob o‘qish tufayli paydo bo‘ladigan 5 foydali odat

Agar kitobni to‘g‘ri baholash, tanlash va sotib olishni o‘rgansangiz, o‘qish bebaho odatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

  1. Siz hech qanday tabletkalarsiz aqlliroq bo‘lasiz

Kitoblar — aqliy faoliyatni rivojlantirish, xotirani yaxshilash va o‘rganish qobiliyatini oshirishga mo‘ljallangan dorilar — nootroplarning eng yaxshi o‘rnini bosuvchisi hisoblanadi.

Nootroplar vaqt o‘tishi bilan hech qanday foyda bermay qo‘yishi mumkin, lekin kitob o‘qish har doim aqlingizni charxlab boradi.

  1. Siz har doim o‘z bilimlaringizni yangilab borasiz

Yozuvchi asarni yozishda, unga o‘zining donishmandligini singdiradi. O‘quvchi bu so‘zlarni o‘qiyotganda yozuvchining o‘sha donishmandlik olamiga kirib qolgandek bo‘ladi.

Asarni biroz vaqt o‘qiganingizdan keyin o‘zingizni xuddi aqlingiz yangilangandek his qilasiz. Bunday yangilanishdan keyin sizga suhbatlarda o‘zingizni ko‘rsatish osonroq bo‘ladi, shuningdek xat yozish malakasiga ham ega bo‘lasiz.

  1. Siz yolg‘izlikka o‘rganasiz

Kitob o‘qishda fikrlash uchun to‘xtab olish va hamisha o‘zimizni yaxshilab borish bilan biz xonada yolg‘iz o‘zimiz xotirjam o‘tirishga o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

Fransuz matematigi Blez Paskal aytgan insoniyatning asosiy muammolaridan birini shu yo‘l bilan yengish mumkin: «Odamlarning hamma baxtsizliklari ularning o‘z xonasida xotirjam o‘tira olmasliklari natijasida yuz beradi».

  1. Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajribaga ega bo‘lasiz

Donishmandlikka bo‘lgan tashnalik — haddan tashqari berilib ketishdan qo‘rqmasdan, muammosiz qondirish mumkin bo‘lgan birdan-bir istak hisoblanadi. Yetarlicha o‘qib bo‘lganimizdan keyin, biz yaxshi g‘oyalar va jasurlik bilan to‘lib-toshamiz, shuning uchun dunyoni tekshirishga tayyor bo‘lamiz.

  1. Siz meditatsiya qilishni o‘rganasiz

Qancha ko‘proq o‘qisak va vaqtimizni kitoblar bilan o‘tkazsak, shuncha ko‘proq konsentratsiya to‘playmiz va shuncha ko‘proq meditatsiya qilishni xohlaymiz.

O‘qish tufayli biz xotirjamroq va chidamliroq bo‘lamiz, uzoq vaqt oralig‘ida bitta narsaga diqqatimizni qaratishni o‘rganamiz.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 17.12.2017 12:54
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!, Insoniyat Haqida Faktlar
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz