Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yuksak aql-idrokning kutilmagan 3 belgisi

Hurfikrli qarashlar, yolg‘izlikni va tungi yashash tarzini sevish. Bular va boshqa xususiyatlar siz boshqalardan ko‘ra aqlliroq ekanligingiz haqida aytishi mumkin.

  1. Yolg‘izlikni sevish

Evolyusion psixolog Satosi Kanadzavaning yana bir kashfiyoti: aqlli kishilar do‘stlari bilan kamroq uchrashsalar o‘zlarini baxtliroq his qiladilar. Shunisi qiziqki, ko‘pchilik kishilar uchun hammasi aksincha: ular oshnalari bilan qancha tez-tez muloqot qilib tursa, o‘zlarini shuncha yaxshi his qilishadi.

Bunday qarama-qarshi haqiqatning sababi yaqqol ko‘rinib turibdi. Aql-idroki yuqori bo‘lgan odamning fikri ko‘proq murakkab vazifalar va loyihalarga qaratilgan, do‘stona o‘tirishlar esa ularni faqat chalg‘itadi.

  1. Tungi yashash tarzi

Oldingi banddagidek, Kanadzavaning faraz qilishicha, aqlli kishilarning kun tartibi oldindan qabul qilingan kun tartibidan tubdan farq qiladi. Ya’ni, bizning ajdodlarimiz sutkaning yorug‘ vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qilishgan va qorong‘i tushishi bilan uxlashga yotishgan, hozir esa yuqori aql-idrok sohiblari bunday odatga amal qilmaydilar.

Ruhshunoslar tomonidan olingan ma’lumotlar bu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Kechroq uxlaydigan va turadigan kishilar erta turuvchilarga qaraganda aqlliroq bo‘ladilar.

  1. Ishonishga moyillik

2014 yilda e’lon qilingan tadqiqotlar yuksak aql-idrok odamlarga ishonish qobiliyati bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu yerda gap nafaqat qarindoshlar va do‘stlar, balki jamiyatning boshqa vakillari to‘g‘risida ham bormoqda.

Buning ma’nosi shuki, aqlli odamlar ishonish mumkin bo‘lmagan odamlarni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq taniydilar. Shuning uchun boshqalarga ularning ko‘ngli ochiq.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 19.06.2017 19:34
- Категория: Insoniyat Haqida Faktlar
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz