Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Olchali shirinlik kayfiyatingizni ko‘taradi!

Zarur masalliqlar: korj uchun: 1,5 stakan un, 180 gr. shakar, 50 gr. sariyog‘, 5 dona tuxum, 3 dona banan, 2 choy qoshiq vanilin, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; krem uchun: 300 gr. olcha mevasi, 250 ml. qaymoq, 100 gr. oq shokolad, 3 osh qoshiq shakar, 1 choy qoshiq vanilinli shakar.

Tayyorlanishi: 1. Tuxumni shakar bilan ko‘pirtiring. Vanilin, xamiryumshatgich, xona haroratida yumshatilgan sariyog‘ va tuzni qo‘shing.

2. Bananni yaxshilab ezib, tuxumli aralashmaga soling.

3. Endi un qo‘shib, smetana quyuqligida xamir tayyorlaymiz. Xamirni yog‘langan gaz patnisiga soling. Qalinligi 1 sm.dan ortiq bo‘lmasin. So‘ngra 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga qo‘ying.

4. Olcha mevasiga vanilin va shakar solib, qaynatib oling. Murabbo sovigach, ko‘pirtirilgan qaymoq bilan aralashtirib, maydalangan oq shokoladni qo‘shing.

5. Pishgan korjni o‘zingiz istagan kattalikda to‘rburburkchak shakllarga bo‘lib, o‘rtasiga kremdan surting-da, 3 qavat qilib yopishtiring. Yuzi va atroflariga ham kremdan surtib, 2 soatga muzlatkigcha qo‘ying.

2 soat

6 kishilik

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.07.2017 18:34
- Категория: Pazandachilik Sirlari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz