Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Uy sharoitida fransuzcha «Madlen» pechenьyesini tayyorlaymiz

Mashhur fransuzcha pechenьyeni tayyorlash uchun, yaxshisi, oldindan chig‘anoq shaklidagi metall formachalarni sotib olgan ma’qul.

Zarur masalliqlar:

  • oliy navli un — 120 gramm
  • saryog‘ (yoki margarin) — 90 gramm
  • shakar — 80 gramm
  • tuxum — 2 ta
  • limon suvi — 1 osh qoshiq

Maslahatlar:

Yog‘ yumshashga ulgurishi, ammo qayishqoqligini saqlab qolishi uchun, uni avvaldan sovitgichdan chiqarib qo‘ying.

Shakarni upaga aylantirgan ma’qul — shunda xamirda shakar zarrachalari bilinib qolmaydi.

Tayyorlanishi:

Saryog‘ va shakarni ko‘pirtiring. Mikserdan yoki an’anaviy venchikdan foydalaning.

Tuxumlarni qo‘shing va silliq massa hosil bo‘lguniga qadar aralashtirishda davom eting.

Limon suvi va unni qo‘shing. Xamirni qo‘lda qoring, silliq ammo unchalik qattiq bo‘lmagan aralashma hosil bo‘lishi kerak.

Duxovkani 190 darajagacha qizdiring.

Xamirni formachalarga soling va pishirishga qo‘ying.

Pechenьye taxminan 12—15 daqiqada pishib chiqadi. Xamirning ustki qismi qizargach, duxovkadan olish mumkin.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 03.09.2017 09:31
- Категория: Pazandachilik Sirlari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz