Saytni Yuklab bo'lmadi
Исследование
Android Ilovalarni Kompyuterda Qanday Qilib Qo'llash Mumkin?
Mobile Savol-Javob!
Barcha Uchun!


Bizga bu borada juda ko'p savollar haligacha kelib turadi. Qanday qilib android dasturlarini kompyuterimda qo'llashim mumkin degan. Albatta buning yo'llari xozirgi zamonda juda ko'p. Shularning orasizdan biz sizga bilganlarimizni yozamiz.....

Agarda sizning kompyuteringizda windows 7 o'rnatilgan bo'lsa biz sizga Bluestacks kompyuter ilovasini taklif qilamiz. Ushbu dasturni kompyuteringizdan  buyerga kirib yuklab oling va internetingiz yoqilgan holda dasturni kompyuteringizga sozlang. Qarabsizki ekraningizda Planshet ko'rinishidagi display paydo bo'ladi. Endi siz apk formatdagi barcha o'yin va dasturlarni kompyuteringizdan ham qo'llashingiz mumkin. Buning uchun sizga jami 14 GB joy ajratiladi. Bundan tashqari dastur suratga va videoga ham oladi. Albatta veb kamera yordamida. Agarda sizning kompyuteringizda qo'shimcha yordamchi sistema misol Bluetooth va Wi-Fi Bluetooth bo'lsa sizda ShareIT dasturlari va Bluetooth ham ishlaydi. Diqqat: Agarda sizda Windows 7 sistemasi bo'lmasa bu dasturni yuklaganingizdan foyda yo'q.

Albatta yuqorida aytib o'tkanimiz juda nozik va eng oson dastur edi. Hechqisi yo'q sizda Windows 7 emasmi demak biz sizga boshqa yo'lini aytamiz. Airdroid bu dasturning imkoniyatlari juda juda katta. Dastur Bluestacks dan ming chandon yaxshi va qulay ishlaydi agarda sizda WI-Fi Router bo'lsa.

Airdroid dasturini telefoningizga  buyerdan yuklab olasiz va sozlaysiz. Dastur imkoniyati u kompyuterdan telefonga mp3, klip, kino, rasm, dastur, o'yin va boshqa istagan faylingizni o'tkazish imkonini beradi. Eng qizig'i shundaki buni o'tkazish tezligi trans fleshnikida ikki barobar kuchlidir. Demak siz telefoningizdagi dasturlarni qo'llashni istamasangiz telefoningizdan Airdroid dasturiga kiring, albatta wi-fi yoniq bo'lishi kerak. Kirganingizdan so'ng sizga ekranda manzil beriladi. Misol: http://192.168.1.33:8888 shunday yoki shunga o'xshash siz o'sha manzilga kompyuteringiz browseri misol Google Chrome dasturidan kiring va sizning telefoningizga so'rov keladi XA belgisini ko'rsatganingizdan so'ng kompyuter ekranida te;efoningizni barcha funksiyalari ochiladi. Buyerdan hamma ish qila olasiz faqat dasturlarni ishlatolmaysiz va o'yin o'ynayolmaysiz. Agarda siz ilovalarni qo'llashni ham istasangiz kompyuterizdan bu dasturni yuklab oling, va dasturki kiring qolganini o'zi tushuntradi. Moqina.Net

Поделись с друзьями:


- Дата публикации: 23.10.2015 00:59
- Система: Barcha Uchun!
Рекомендуем
Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz