Saytni Yuklab bo'lmadi
Исследование
Galaxy s5
Mobile Savol-Javob!
Uchun!


Samsung kompaniya Galaxy S5 smartfonini shu yilning aprel oyida sotuvga chiqarishni rejalashtiryapti. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Galaxy S5 smartfoni odam ko'z qorachig'ini o'qiy oladigan sensor bilan koplanadi.

Bu haqda Samsung kompaniyasi mobil bo'linmasi vise-prezidenti Li Yan Xi Bloomberg agentligiga bergan intervyusida ta'kidlagan.

Smartfonning yangi modeli Galaxy S4dan farqli o'laroq fevralda bo'lib o'tadigan Mobile World Congress ko'rgazmasida taqdim etilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Galaxy S5 odam ko'z qorachig'ini o'qiy oladigan sensor bilan qoplanishi mumkin.

"Bizning bu texnologiyamiz ko'pchilikni quvontiradi degan fikrdamiz, — deb qayd etgan Li Yan Xi. — Hozirda biz o'z imkoniyatlarimizni o'rganmoqdamiz, biroq Galaxy S5 smartfonida yangi texnologiya bo'lish yoki bo'lmasligini aniq ayta olmaymiz".

Kompaniyaning avvalgi Galaxy S4 smartfoni odam ko'zlarining harakatiga qarab boshqa sahifalarni ochardi hamda egilish burchagiga kelib chiqib telefonni qulflab quya olish imkoniga ega edi.

Eslatib o'tamiz, Samsung yangi smartfoniga odam ko'z qorachig'ini o'qiy oladigan sensor o'rnatilishi haqidagi ilk xabar 2013 yilning dekabrida paydo bo'lgan edi. Bu sensorlar telefon egasini ko'z qorachig'i, qovoqlari hamda kipriklariga qarab taniydi va telefon qulfini ochadi.

Поделись с друзьями:


- Дата публикации: 22.02.2015 23:35
Рекомендуем
Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz