Saytni Yuklab bo'lmadi
Исследование
PHP Tili! Bu Nima?
Mobile Savol-Javob!
Uchun!


1994 yili php tilinig
yaratuvchisi Rasmus Lerdorf
o’zinig saytiga mehmonlar
kirishini hisoblash uchun
Perl dasturlash tilada
maxsus qobiq yozib amalda qo’llagan. Ko’p o’tmay
qobiqni ishlash unumdorligi
juda past va sekinligi
aniqlanganidan so’ng,
dasturlarni yangidan “C”
tilida yozib chiqishga to’g’ri keladi. Keyin, dastlabki
dastur kodlari muallif
tarafidan barchaga ko’rish
uchun serverga nashr
qilingan. Server
foydalanuvchilari kodlar bilan qiziqib, uni ishlatish
muxlislari ham paydo
bo’lgan. Hademay, bu
dasturlar alohida loyihaga
aylanib, 1995 yilning iyun
oyida dasturiy mahsulot PHP (Personal Home Page) nomi
bilan birinchi nashri
chiqarildi. Imkoniyatlari
oddiy va sodda bo’lib: bir
necha buyruqlarni
tushunadigan kod analizatori(tekshiruvchisi),
mehmonlar hisoblagichini,
kitobini, chatini yaratish
uchun foydali dasturlar
to’plamidan iborat bo’lgan.
1996 yil aprel oyida dasturlar jiddiy qayta
ishlanganidan so’ng, PHP/FI
(Personal Home Page /
Forms Interpreter) nomi
bilan mahsulotning ikkinchi
nashri paydo bo’ldi. Bu mahsulot html-kod ichiga
yozilib, html-formalarni
qayta ishlab, hozirgi PHP
dasturlash tilining tayanch
imkoniytlarini ichiga olgan.
PHP/FI kod yozilishi Perl tiliga juda oxshagan, lekin
soddaroq bo’lgan.
1997 yili PHP/FI 2.0 nashri
chiqdi. O’sha paytda bu
mahsulot bilan dunyo
bo’yicha bir necha ming odam foydalanib, taxminan
50 ming domen bo’lib,
Internetning 1%-ni tashkil
qildi.
1997 yilda Endi Gutmans va
Ziv Suraski PHP/FI kodini boshqatdan yozib chiqishdi,
chunki eski kod ular
ishlatayotgan elektron
tijorat tizimlari uchun
yaroqsiz edi. Eski kodning
mualliflaridan yordam olish uchun ular birlashishni taklif
etib, PHP3 nomli loyihani
PHP/FI -ni rasmiy vorisi deb
e’lon qilishdi. Yangi loyiha
uyushgandan keyin PHP/FI
loyihasi ishlab chiqarilishi to’xtatilgan.
PHP 3.0 -ning eng kuchli
taraflaridan biri uning
kengaytirala olinadigan
yadrosi(tizimning bosharuv
qismi) bo’lib, bundan tashqari, ma’lumot
jamg’armalar bilan, turli
protokollar va interfeyslar
bilan birgalikda ishlash
keng imkoniyatlari yaratildi.
Muvaffaqiyatga erishishga ancha ahamiyatli fakt bu
yangi tilni boyligi va
ob’ektlarga mo’ljallangan
dasturlashni ko’lla olishi.
Yangi loyiha bilan birga
nafaqat tilni tashqi, ichki tuzulishi o’zgardi, balki
o’zini nomi ham. Endi PHP
qisqartmasi “PHP: Hypertext
Preprocessor” ma’nosini
anglatishi bildirildi.
1998 yilning oxirida PHP foydalanuvchilarning soni
o’n minglardan oshdi. Yuz
mingdan oshiq veb-saytlar
bu tilni qo’llashini e’lon
qilishdi. Taxminan
Internetning 10% serverlarida PHP 3.0
o’rnatilgan edi.
1998 yilning iyun oyda
PHP3 to’qqiz oy ommaviy
tekshiruvidan keyin rasman
e’lon qilindi. Shu yilning qishida Endi Gutmans va Ziv
Suraski PHP yadrosini
qaytadan ishlab chiqarishni
boshlashgan. Ularning
asosiy vazifasi PHP tiziminig
unumdorligini ko’tarish va kodning modullarini
yaxshilash edi.
1999 yilning o’rtalarida
birinchi marta taqdim
qilingan yangi yadro “Zend
Engine” deb nomlangan (“Zend”: mualliflar “Zeev” va
“Andi” ismlardan tashkil
topgan). Uni asosida
tuzilgan yangi til PHP4 2000
yilning may oyida rasman
chiqarilgan. Unumdorlik yaxshilangandan tashqari,
PHP 4.0 muhim
yangiliklarga ega bo’lib,
sessiyalarni ko’llash, buferli
chiqarish, kiritilgan
ma’lumotlarni havfsiz qayta ishlash va yana bir necha
yangi til tuzuvchilarini
paydo bo’lishidan iborat.
Hozirgi kunlarda “Zend
Engine” qayta yaxshilanib
PHP5 tili ishlab chiqarildi. Asosiy o’zgarishlar
ob’ektlarga mo’ljallangan
dasturlash modelida bo’lib,
tilning imkoniyatlari yanada
kengaytirdi.
Hozirda PHP tilini yuz minglab dasturchilar ishatib,
bir necha million saytlar
yaratilib, Internetning 20%
domenlarini tashkil
etmoqda.

Поделись с друзьями:


- Дата публикации: 21.02.2015 18:42
Рекомендуем
Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz