Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Kimlarga ro‘za tutmaslikka ruxsat etiladi?

Muborak Ramazon oyi yurtimizda katta bayram sifatida nishonlanyapti. Odamlar yuzidagi tabassum, shukronalik hissini ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi.

Salomatligi yoki boshqa sabablar bilan Ramazon ro‘zasini tuta olmaydiganlar ham ko‘p oramizda. Biroq bular qatoriga kimlar kiradi? O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy saytida chop etilgan maqolada shu haqida so‘z borgan. Unga ko‘ra, quyidagi shaxslarga ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan:

1Kasal kishi. Kasal kishiga ro‘za tutmaslikka ruxsat etilgan.

  • Kishi ro‘za tutish sababli kasalligining kuchayishi yoki tuzalishining sekinlashi yoki biror a’zosiga talaf yetishidan qo‘rqsa, ro‘za tutmasligi mumkin.
  • Kasal kishi kasalidan tuzalganidan so‘ng Ramazon oyida tutmagan kunlarining ro‘zasini qazo qilib tutib beradi.

2. Safardagi kishi. Safardan murod – namoz qasr o‘qiladigan uzoqlikdagi masofani ko‘zlab chiqishdir. Musofir agar ro‘za tutishi mashaqqat bo‘lmasa, ro‘za tutgani yaxshi. Kishi agar safarga tong otgandan so‘ng chiqsa, o‘sha kuni og‘zini ochmasligi kerak.
Musofir safarda tutmagan kunlari ro‘zasini keyin tutib beradi.

3. Homilador va emizikli ayol. Faqihlar homilador yoki emizikli ayol ro‘za tutish o‘zi yoki bolasiga zarar yetkazishidan qo‘rqsa, ro‘za tutmasligi mumkinligiga ittifoq qilishgan.

4. Keksa kishilar. Bunga keksayib quvvatdan qolgan kishilar, tuzalishiga umid qolmagan bemorlar, keksa kampirlar kiradi. Bunday kishilar keyinchalik ham ro‘za tuta olmaganlari sababli qazo qilmaydilar, balki tutmagan har kunlari uchun fidya beradilar.

5. O‘ta qattiq ochiqqan va chanqagan kishi. Agar ro‘zador ro‘zasini ochmasa, halok bo‘lishiga yoki aqli ketishiga yoki ba’zi sezgilari ishlamay qolishiga gumoni g‘olib bo‘lsa,  ro‘zasini ochishi mumkin. So‘ng ana shu tutmagan kunlari ro‘zasini qazosini o‘tashi lozim.

6. Hayz va nifos ko‘rgan ayollar. Hayz va nifosdagi ayollar ro‘za tutishlari mumkin emas. Ular poklanganlaridan so‘ng qazosini tutib beradilar.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.06.2017 06:43
- Категория: Boshqa Foydalilar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz