Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Tish pastasidan turmushda foydalanishning noodatiy usullari

Ko‘pchilikka tish pastasini tish tozalashdan boshqa maqsadlarda ham ishlatishning bir-ikkita usullarigina ma’lum. Biz esa siz uchun bu usullarning hammasini to‘pladik!

Santexnikani tozalash. Tarkibidagi mayda abrazivlar tufayli pasta kasallik tarqatuvchi bakteriyalarni yo‘qotish bilan birga suv quvurlarini, xromlangan yuzalarni, dush kabinasining shishali eshiklarini ham ajoyib tarzda tozalaydi.

Krossovkalarni oqartirish. Pasta och rangli krossovkalar tagcharmida paydo bo‘ladigan qoramtir va boshqa xil dog‘larni yaxshi tozalaydi.

Kumush buyumlarni va zargarlik bezaklarini tozalash. Pasta  oksidlanish va qorayishni ketkazadi, metallarga sayqal berib yaltiratishda yordam beradi.

Kompakt-disklarni tuzatish. Agar siz uchun zarur bo‘lgan rasmlar, diplom ishi yoki musiqalar shunday tarqatuvchilarda saqlanayotgan bo‘lsa va sal qirilgan joyi ma’lumotlarni olishga xalal berayotgan bo‘lsa, ularning yuzasiga ehtiyotkorlik bilan pasta suring. Keyin esa ortiqchasini latta yoki mikrofibra bilan artib tashlang.

Dazmol yuzasini tozalash. Dazmol tagi yuzasining kirlangan joylariga biroz pasta suring. Qurigandan so‘ng toza latta bilan artib tashlang.

Qo‘ldagi yoqimsiz hidlarni ketkazish. Baliqni tozalab bo‘ldingiz va endi tortni bezashga to‘g‘ri kelib qoldi. U holda kaftingizga biroz tish pastasini oling va u yordamida qo‘lingizni suv bilan yuvib tashlang.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.09.2017 20:18
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz