Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Maoshidan hikmat topgan ishchi

U oilasi va onasini boqish vazifasini o‘ zimmasiga olgan oddiy bir ishchi kishi bo‘lib, ishiga sadoqatli, o‘z ishining ustasi edi. U muntazam ravishda ishiga kelardi. Ammo kunlarning birida ish joyiga kelolmadi.

Shunda boshlig‘i o‘ziga o‘zi:

– Ishga muntazam kelishi uchun maoshini oshirsammikin..? Ha, albatta, agar oshirsam ish kunini qodirmaydi..,- deb o‘yladi.

Ishchi keyingi kuni ishga kelganida boshlig‘i unga har doimgidan ko‘proq maosh berdi. Ammo ishchi lom-mim demadi, hatto buning sababini ham so‘ramadi.

Bir-necha oydan so‘ng ishchi yana bir ish kunini qoldirdi.

Shunda boshliq g‘azablanib o‘ziga – o‘zi:

– Qo‘shib bergan maoshini kamaytiraman,- deb o‘yladi.

Maosh beriladigan kuni uning oylik pulini kamaytirib berdi. Bunda ham ishchi lom-mim demadi, hatto buning sababini ham so‘ramadi. Bu holat ikkinchi marotaba qaytarilgani sabab boshliq bu haqda ishchiga:

– Ko‘p berganimda ham indamaganding, endi kamaytirsam ham lom-mim demaysan,- deganida, ishchi:

– Birinchi marta ishga kelolmaganimda Alloh menga farzand bergandi shuning uchun kelolmagandim. Shunda menga qo‘shimcha maosh bergandingiz. Men bu maoshni yangi tug‘ilgan farzandimning rizqi deb bilgandim. Ikkinchi marotaba kelolmaganimda onam qazo qildilar, shunda siz mening maoshimni kamaytirdingiz. Men buni onamning rizqi edi, o‘zi bilan ketdi deb o‘yladim,- deganida, boshliq ko‘zlarida yosh bilan ishchisining Hakim bo‘lgan zotning hukmlarini go‘zal tadbir qila olganiga qoyil qoldi…

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 12.11.2017 15:49
- Категория: Xayotiy Xikoyalar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz