Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Erkaklar haqida ayol bilishi kerak bo‘lgan 4 haqiqat

Mashhur amerikalik psixolog, koucher, “He is not that complicated” (U siz o‘ylaganchalik murakkab kishi emas”) asari muallifi Sabrina Aleksis ayollarga o‘z maslahatlarini doim ayamay kelgan. Quyidagi maqolada esa erkaklarning qanday odatlarini o‘zgartirish befoyda ekanligi va ularni to‘g‘ri qabul qilishimiz muhimligi haqida batafsil tushuntirib berilgan.

 

Erkak va ayollar ikki xil olamdan kelgan, deb o‘ylashga ko‘nikib qolganmiz. Aslida esa bizlar juda o‘xshashmiz, shunchaki bir-birimizni tushunishni bilmaymiz yoki istamaymiz. Ha, ba’zida erkaklar bizning ko‘nglimizni og’ritishadi, ularni deb asabiylashamiz, xafa bo‘lamiz va oxir oqibat doim ularga qaytamiz. Nega? Chunki hayot shunday tuzilgan: erkak va ayollar bir-birisiz yashay olmaydilar. Yoshi va millatidan qat’i nazar, ko‘pchilik ayol-qizlar quyidagi 4 holatda erkaklar o‘zlarini nega bunday tutishlarini tushunishmaydi.
 

 

Erkaklar yozishmalarni yoqtirmaydilar (ulardan o‘rnak oling)

 

Ijtimoiy tarmoqdagi xabarlaringiz yoki yozgan smslaringizga eringiz darhol javob bermay, qisqagina so‘zlar bilan chegaralanib qolsa, o‘zingizni e’tibordan chetda qolgandek his etasizmi? “Avallari menga ko‘p yozar edilar, nega uzoq vaqtdan beri javob bermayaptilar?”, degan xayollar bilan bezovta bo‘lsangiz, tinchlaning. Bir emas, bir necha tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, erkaklarning tarmoqlarda indamasligi befarqlikdan darak bermaydi. Shunchaki ular messenjerlar orqali gaplashishdan ko‘ra, uyga borganda bafurja va bemalol suhbatlashishni afzal bilishadi. To‘g‘ri, munosabatlar boshlanishida ular sizga tez-tez yozishadi, ko‘p iliq gaplarini ayashmaydi. Ammo bu ikkiyuzlamachilik emas. Birinchidan, u sizga erishishni istaydi; ikkinchidan, u siz haqingizda ko‘pgina narsalarni bilshni istaydi, qiziqadi. Shunig uchun suhbatlar uzoqqa cho‘zilib ketadi. Vaqt o‘tgani sayin munosabatlar barqarorlashib boradi va bir-biringizni yaxshi bilib olasiz. Ayollar esa uzoq suhbatlashishdan charchamaganligi sababli bunday odat saqlanib qoladi. Buning sababi ham allaqachon aniqlangan: biz ayollar atrofdagilar bilan muloqot yordamida o‘z ustimizda ishaymiz, rivojlanamiz.

 

 

Afsuski, ko‘pchilik munosabatlar buzilishiga ayollarning tushunmasliklari sabab bo‘lishi mumkin. Rafiqa eri ishda bo‘lgan vaqt yozaverib, uni chalg’itadi. Er javob bermasa, yana xafa bo‘ladi. E’tibor talab qilavergan ayol erimning sevgisi so‘nib qolmadimi, deb tashvishga tusha boshlaydi va… katta xatolikka yo‘l qo‘yadi. Agar shunday vaziyatga duch kelgan bo‘lsangiz, suhbatlarning soniga emas, sifatiga e’tibor qarating. Messenjer kabi tarmoqlarda gaplashishni esa biroz chetga surib qo‘ying.

 

 

Erkaklar muhabbatini so‘zda emas, amalda ifodalaydilar

 

Chin dildan sevgan va ardoqlagan erkak albatta muhabbatini turli amallar bilan isbotlashga urinadi. Kuchli jins vakillari ayollar qulog‘i bilan yaxshi ko‘rishlarini juda yaxshi biladilar, ammo erkak sevgisini faqat so‘zda ifodalasa, unga sizning qadringiz yo‘qligini anglatadi. Yoki aksincha, eringiz sizga hech qanday shirin so‘z aytmasa ham, doim sizga e’tibor bersa, istaklaringizga beparvo bo‘lmasa ham baribir 3 ta so‘zdan iborat sehri gapni eshitishni istaysiz. Bunday vaqtlarda e’tibor har qanday shirin so‘zdan ham yuqoriroq turishini yoddan chiqarasiz. “Sevaman” deb aytolmagan kishi sizni haqiqatda yaxshi ko‘rmaydi, deb hisoblash noto‘g‘ri. Bu esa erkaklar sevishni bilmaydi degani ham emas. Shuning uchun hozir va shu yerda yashashga harakat qiling va uning e’tiboriga ahamiyatli bo‘ling. Biror narsa deyishini kutmasdan, uning mehribonligiga shukr qiling.

 

 

 

U sizni baxtli qilishni xohlaydi (shunchaki buni qanday amalga oshirish kerakligini bilmaydi)

 

Ishoning, haqiqatda sevgan erkak ayolini baxtli ko‘rish uchun ko‘p narsalarga qodir. Faqat u yorini qanday qilib baxtli qilish mumkinligini topishi juda qiyin kechadi. Erkak – ayol emas. Ular ayollar nimaga shama qilayotganini tushunishmaydi. Eng oddiy yo‘li – eringizga to‘g‘ri, yotig‘i bilan, hech qanday talablarsiz vaziyatni tushuntiring.

 

Yana bir muhim jihat: siz va oilangiz uchun qilayotgan harakatlarini qadrlashingizni eringizga doim bildirib turing. Ishoning, erkak uchun yonida baxtli jufti haloli va farzandlarini ko‘rishdan ham ortiqroq yoqimli his yo‘q.

 

 

Erkak kishi erkinlik va shaxsiy hududini yo‘qotishni istamaydi

 

 

Ha, buni tan olmaslikning iloji yo‘q. O‘ylab ko‘ring, har qanday shaxs boshqalardan alohida ravishda rivojlanishni bilishi lozim. Vaqti-vaqti bilan yolg‘iz qolishni istash – tabiiy holat. Er ham, ayol ham o‘zlari uchun vaqt ajratishlari zarur. Munosabatlardan tashqarida o‘z ustimizda ishlash, kimdirga tobe bo‘lib qolmaslik nafaqat erkaklar, balki ayollar uchun ham muhim sanaladi. Bunda kimdirga suyanib yashamaslik kerak, degan fikrdan yiroqmiz. Erkaklardan farqli ravishda, bzi ayollar hissiyotlarga o‘ta beriluvchanmiz va butun vujudimiz bilan sevgi munosabatlariga berilib ketamiz. Bu esa katta xatodir. Chunki yopiq tizimlar hech qachon rivojlanmaydi. Shunday ekan, o‘rganish va bilim olishdan to‘xtamang. Bu munosabatlaringizga o‘zgacha yorqinlik baxsh etadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.11.2017 04:48
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati), Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz