Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Sevganingiz SMSlaringizga javob bermasa qanday yo‘l tutish kerak?

Bu muammo hammamizda uchragan. Siz sevgan insoningizga SMS xabar jo‘natasiz. Ba‘zan u darxol javob beradi, ammo javob bermasachi? Bu nimani anglatishi mumkin? Endi u sizni sevmaydimi?

Siz bu savolga javobni bilmaysiz. Sevganingiz sizga javob bermagan vaziyatda siz 3 ta qilish va qilmasligingiz kerak bo‘lgan narsalar bor. 

Nima qilmaslik kerak:

1. Unga yozishni bas qiling

Siz unga 60 ta SMS yo‘llasangiz ham u sizga javob bermaydi. Sizga javob bermasa ham, unga yozishda davom ettirsangsiz, sizni yengiltabiat qiz deb o‘ylashi mumkin. Sizning SMSingizni o‘qiganiga ishonch hosil qilmoqchi bo‘lsangiz unga takroran yozib ko‘ring faqat 3-4 kundan keyin. 

2. O‘zingizni yo‘qotmang

Sevganingiz sizga javob bermay qolsa, siz darrov yomon hayollarga borishni boshlaysiz. Har qanday holatda o‘zingizni yo‘qotmang. Jaxlingiz chiqishi va hafa bo‘lishingizga asos yo‘q. Chuqur nafas olib, vaziyatga obyektiv baho berishga harakat qiling.

3. Javob berishini kutmang

Javob berishini kutib telefonga tikilib o‘tiravermang. Bu sizning yurak va qalbingizga ziyon yetkazadi. Agar 2 soat ichida ham javob bermasa, yaxshisi telefoningizni 1-2 soatga o‘chirib qo‘ying va foydali ishlar bilan shug‘ullaning.

Nima qilish kerak:

1. O‘z g‘ururingiz haqida unutmang

Sizning g‘ururingiz uning SMSdan million barobar muhimroqdir. O‘zingizni boshqalar bilan solishtirmang, chunki siz boshqa qizlardek emassiz. Siz chiroyli, aqlli, go‘zal ayolsiz va sizning o‘zingizga bo‘lgan ishonchga hech narsa ta‘sir ko‘rsata olmaydi. Birinchi navbatda siz o‘zingizni seving, shunda munosib yigit sizning qadringizga yetadi.

2. U bilan yuzma-yuz gaplashib ko‘ring

Albatta, SMS yo‘llash osonroq. Lekin siz u bilan shaxsan gaplashib ko‘rsangiz, sizni qiynayotgan savollarga aniq javob olasiz. Bu siz o‘ylaganchalik hayajonli emas, buni u bilan gaplashganizdan keyin tushunasiz.

3. O‘z hayotingizni davom ettiring

Unga SMS yuboring-u, unuting. Nima bo‘lganda ham hayotingiz davom etmoqda. O‘zligingizni yo‘qotmang va sevgan mashg‘ulotlaringiz bilan shug‘ullanishda davom eting. Sizning hayotingiz va baxtingiz qandaydir yigitdan jo‘natilgan xabar bilan chegaralannmasligi kerak.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.12.2017 21:12
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz