Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Ushbu test orqali sevgingiz haqida bor haqiqatni bilib oling

Sizga qog‘oz, ruchka (yoki yaxshi xotira) va ozgina tasavvur kerak bo‘ladi. Savollarga mantiqan o‘ylamasdan, o‘zingizni aldamasdan, aytilgan vaziyatni hayolan tasavvur qilgan holda javob bering. 

I. Tasavvur qiling, shaharda dahshatli maxluq paydo bo‘lib ko‘chalarni va uylarni vayron qilmoqda. Nima deb o‘ylaysiz, uning g‘azablanishi sababi nimada? Nima uni bunday ko‘yga solib qo‘ydi?

1. U juda ham och bo‘lgani uchun yemish qidirmoqda.
2. Sevgan insonini yo‘qotib qo‘ygani uchun uni izlamoqda.
3. U tabiatan shunday jahldor maxluq.
4. Uni beshavqat hayot g‘azablanishga olib keldi.

II. Siz badiiy galereyaga kelib, rasmlarni bemalol ko‘rib chiqyapsiz. Ulardan biri sizning e’tiboringizni tortdi va uni ancha vaqt tomosha qilmoqdasiz. Rasmda nima tasvirlangan?

1. Avtoportret.
2. Kulgili surat yoki karikatura.
3. Abstraktsiya.
4. Tabiat manzarasi.

III. Tasavvur qiling, sizda real hayotdan o‘chirib tashlay oladigan o‘chirg‘ich bor. Kimni o‘chirib tashlagan bo‘lardingiz?

1. O‘zingizni.
2. Yaxshi ko‘rgan insoningizni.
3. Hayotingizdagi uchinchi shaxsni.

IV. Siz qayta shu galereyaga tushib qoldingiz va o‘sha suratni tomosha qilishda davom etyapsiz. Shu payt notanish kimsa sizning oldingizga kelib gapirishni boshladi. Unga mos keluvchi jumlani tanlang?

1. Ajoyib surat, shunday emasmi?
2. Sizga bu surat yoqib qoldimi?
3. Kechirasiz, soat nechchi bo‘lganini aytaolmaysizmi?
4. Bilasizmi, suratda mening rasmim chizilgan.

V. Siz besh yulduzli mehmonxonaning eng hashamatli xonasiga ko‘chib keldingiz. Xonangizda katta deraza bor, uning ortida esa dengiz manzarasi ko‘rinib turibdi. Siz dam olish uchun bir-ikki soat mizg‘ib oldingiz. So‘ng turib derazaga qaradingiz. Shu payt qanday manzarani ko‘rdingiz?

1. Kunduzgi quyosh ko‘m-ko‘k dengizni nurlari bilan yanada yoritib turibdi.
2. Qorong‘i dengizda yulduzlarning aksi ko‘rinmoqda.
3. So‘vuq dengiz to‘lqinlari tuman ortidan bazo‘r ko‘rinmoqda.
4. Quyosh botayotib dengiz bilan bir butundek birlashib ketmoqda.

Javoblar:

I. Bu savol sizning hayotingizda nima bezovta qilayotganini bilishga yordam beradi. 

1. Siz hozirda to‘g‘ri va ko‘chma ma’noda ochlikni boshdan kechirmoqdasiz.
2. Siz sevgi tufayli aziyat chekmoqdasiz.
3. Odamlar sizni qanday qabul qilayotganidan norozisiz.
4. Sizda odamlarga nisbatan ko‘nglingiz qolgan.

II. Bu savolning javobi qaysi xususiyatingiz odamlarni o‘ziga jalb qilishi haqida.

1. Dilkashlik va hazilkashlik
2. Dunyoga noan’anaviy ko‘z bilan boqish
3. Odob va yumshoq fe’l

III. Ushbu savol shaxsiy muammolaringizni qaysi yo‘l bilan hal qilishingiz haqida.

1. Siz qiyinchiliklardan qochishga harakat qilasiz.
2. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, sevgini betakror tuyg‘u deb hisoblaysiz.
3. Mavjud muammolarni o‘ta faollik bilan hal qilasiz va bunday faollik oqibatlarini o‘ylamaysiz. 

IV. Ushbu vaziyat hayotingizda birinchi bor uchratgan kimsa bilan o‘zingizni qanday tutishingizni ko‘rsatadi. 

1. Siz do‘stona muloqotni yaxshi ko‘rganingiz uchun, notanish odamlar bilan juda tez tanishib ketasiz.
2. Siz barchadan shubhalanganingiz uchun begonalar bilan juda ehtiyotkorlik bilan tanishasiz.
3. Siz mustaqil inson bo‘lganingiz uchun begonalar bilan tanishishni istamaysiz.
4. Siz odamlarda yoqimli taassurot qoldirishni istaysiz, shuning uchun o‘zingizni yaxshi tomondan ko‘rsatishga harakat qilasiz.

V. Oxirgi savolning javobi sevgidan nima kutayotganingizni bildiradi.

1. Siz uchun sevgida yorqin his-tuyg‘ular va taassurotlar bo‘lishi kerak.
2. Munosabatlarda siz uchun eng asosiysi - to‘g‘rilik va oshkoralik.
3. Sevgan insoningiz sizga ham yor, ham do‘st bo‘lishini istaysiz.
4. Siz romantik va mukammal sevgini qidirmoqdasiz.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.12.2017 21:12
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati), Sinab Ko'ramiz!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz