Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Ayollardagi erkaklar hushlamaydigan 4 odat

Erkaklarda ayollarga yoqmaydigan odatlari ko‘p. Lekin ayollarning qanday odatlari erkaklarga yoqmaydi?

1. Baqirish (ayniqsa bolalarga)

Hech kimga jaxldor ayollar yoqmaydi. To‘g‘ri, har qanday shaxs asabiylashishi mumkin. Lekin, erkak kishini baqirishlaringiz sababi umuman qiziqtirmaydi. Bolangiz injiqlik qilib, ovqatini yemasdan, aytganingizni qilmasa baqirib urshishni boshlaysiz, buni eshitgan turmush o‘rtog‘ingiz oldida hurmatingizni yo‘qotasiz. Ko‘ngli ham sizga nisbatan vaqt o‘tgan sari so‘nib boradi. Tug‘ruqdan keyingi davr bundan istisno. Sababi bola parvarishi bilan band bo‘lgan ayol juda charchaydi va deyarli uxlamaydi. Boshqa vaqtda esa eringizni yo‘qotishni istamasangiz, uning yonida aslo baland ovozda gapira ko‘rmang.



2. Sochlarni har yerda qoldirib ketish

Uzun sochlar chiroyli bo‘lsa ham, biroz noqulayliklar tug‘diradi. Har bir ayolning sochi kuniga 100 dona to‘kilishi bu tabiiy hol. Lekin qayerda va qaysi payt to‘kilishini ilg‘ash qiyin. Agar turmush o‘rtog‘ingizni o‘zingizdan sovitishni istamasangiz, sochlaringizga e’tiborliroq bo‘ling. Masalan, ovqat qilayotganingizda sochingizni yig‘ib oling, taragandan so‘ng taroqni ham, polni ham tozalab oling, vannadan chiqayotganda e’tiborli bo‘ling va hokazo.

3. Har daqiqa habar yuborish

Qiziq, ayollar 30 yil avval mobil telefonlar, sms, ijtimoiy tarmoqlar yo‘q bo‘lgan paytda nima bilan band bo‘lgan ekanlar? Bundan foydali va qiziqarli ish bilan shug‘ullanganliklari aniq. Hozirda esa, biz ayollar doim telefondan bo‘shamaymiz. Bir-birimiz bilan har soniya yozishib turishimiz-ku mayli, lekin erkak kishini har daqiqada «Hormang?» «Kayfiyatingiz yaxshimi?» «Nima qilyapsiz?» degan habarlar bilan qiynab yuboramiz. Ayniqsa rulda o‘tirgan turmush o‘rtog‘inizni bunday xabarlar juda «quvontiradi». 

4. Serialdan bo‘shamaslik

Shunday ayolar borki, hech qaysi seriallarni o‘tkazib yubormaydilar. Koreyscha deysizmi, turkchami yoki hindcha... Qoyil, barchasiga ulgurish ham bir mahorat! Ammo bunday holat hech qaysi erkak kishiga yoqmaydi. Shu sababdan, aziz ayollar, eringiz uyga kelsa butun e’tiboringizni unga qarating! Suhbatlashing, kuni qanday o‘tgani bilan qiziqing, o‘zingiz nimalar bilan band bo‘lganingizni aytib bering, faqat serial haqida og‘iz ochmang.

 
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.12.2017 21:12
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz