Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
O‘n yetti yoshli kelinchakni xo‘rlagan er qismati

O‘n yetti yoshga kirganimda uydagilarning qistovi bilan turmushga chiqdim. Yangi kelinchakligimda erimga tinimsiz qo‘ng‘iroqlar bo'lar, kech kelishu xiyonatlarning chegarasi ko'rinmasdi. 

Qiynalgan oilaning qizi bo‘lganim uchun ham ota uyimga qaytib borishga yuzim chidamadi. Dilim og‘risa-da, ertayu kech erimga insof so‘rab, duo qilishdan nariga o‘tolmasdim. Oxiri pichoq borib suyakka qadaldi. Uning bema’ni qiliqlari kundan-kun avj ola boshladi. Farzandli bo‘lganimizdan so‘ng hatto ajralishni talab qildi. Uyimga keta olmasligimni, ota-onamga ortiqcha yuk bo'lishdan qo‘rqishimni aytib, Xudoning zorini qilganlarim esimda… Qancha yig‘lab-siqtamay u meni itni quvganday quvdi. Hatto ota-onasining ta’na-dashnomlariga ham e’tibor bermadi. Qo‘limda go‘dagim bilan zor-zor yig‘lagancha uyga qaytdim. Oradan ikki yil o‘tib, o‘zim kabi turmushdan og‘zi kuygan, lekin insofli, halol insonga turmushga chiqdim.

Mana, shuncha vaqt o‘tib, meni haydagan, ko‘nglimga ozor yetkazgan inson nochor ahvolga tushibdi. Ba’zan o‘ylab qolaman, ehtimol, u meni xo‘rlagani, dilimni og‘ritgani uchun ham bugun nogiron bo'lib qolgandir. Kimsasiz, yolg‘iz ekanini eshitib, bir tomondan unga rahmim keladi. Nachora, axir bu qismat!

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 12.11.2017 15:49
- Категория: Xayotiy Xikoyalar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz