Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Ijtimoiy tarmoqlariga joylagan suratlarimiz biz haqimizda nima deydi?

Internetga joylagan rasmlarimiz biz haqimizda nima deyishi mumkin? O’zimiz bilmagan qanday yashirin jihatlarimiz va istaklarimizni ommaga namoyon qilishi mumkin? 
Opa.uz itimoiy tarmoqlarda eng keng tarqalgan suratlar turini tahlil qiladi. 

1. Turli xil selfi rasmlar (ko’zgu oldida, liftda va h.k)

Internet sahifangizda selfi rasmlaringizning ko’pligi odamlarning e’tibor va e’tirofiga muhtoj ekanligingizdan, o’z o’zingizni sevishingiz, nartsismga moyilligingiz borligidan dalolat beradi.

2. E’tibor jalb qiluvchi selfi

O’rdaksimon lablar, qomatlarni ko’z ko’z qilish… “Men ozod, tajribalarga tayyor qizman” deya olamga jar solmoqdasiz. Butun olamga o’zingizni ochiqdan ochiq “bozorga solishingizni” ko’rsatish, tanangizni ko’z ko’z qilish – o’ylab ko’ring, sizga shu kerakmi? Bunday rasmlarni ko’rgan erkak siz bilan jiddiy munosabatga kirishadi deb o’ylaysizmi?

3. Juftliklar rasmi 

Bu o’zingizning munosabatingizni, uning kuchli va uzoq muddatli ekanligini namoyon qilishdir. Olamga “Men yolg’iz emasman, sevimliman, kerakman, qadrliman” deyish usulidir. Agar sahifangizda bunday suratlar juda ko’p bo’lsa – bu o’zingizga “bu menga nega kerak o’zi? Bu suratlar bilan kimga nima demoqchiman? ” deya savol berishga sabab bo’la oladi. Balki buning ortida sobiq sevgilingizga nimanidir isbot qilmoqchiligingiz yoki sevgi bobida unchalik ham omadi kulib boqmayotgan dugonalaringiz oldida o’zingizni ustunligingizni ko’rsatish yotar?

4. Jamoat bilan tushilgan surat

Agar sahifangizda turli bazmlarda odamlar davrasida tushgan suratlaringiz ko’p bo’lsa bu ichki yolg’izligingizdan dalolat berishi mumkin. Shuningdek qaysidir odamlar davrasiga mansub ekanligingizdan xursand ekanligingizni ham ko’rsatadi. Siz olamga “Meni bu davraga qo’shishdi, men ham ularning tarkibidaman” demoqdasiz.

5. Bolalar 

Bu yerda ikki xil qarash mavjud. Agarda biz o’z bolalarimizni rasmga olib sahifamizga joylasak bu kattalar hayotidan, masuliyatdan charchaganimizni bildiradi. Buning ortida bolalikka qaytib qolgingiz kelayotgani, sizga ham g’amho’rlik qilishlarini xolashingiz yotadi. “Meni ham qo’lga oling, boshimdan silang” , - demoqda suratlar. Ikkinchisi – bolalarimiz, ular bilan birga tushgan suratlarni bo’lishamiz. Bu bilan “Men bahtli onaman” demoqdasiz. 

6. Hayvonlar va hayvonlar bilan tushilgan suratlar

Agar bu suratkash sahifasi bo’lsa, yirtqich hayvonlarning o’z tabiiy yashash muhitidagi suratlar – o’z ishining ustasi ekanligidan dalolat beradi. Agarda oddiy erkak yoki ayol o’z sahifasiga bo’ri yoki qoplon kabi yirtqich hayvonlarning surtlarini qo’ysa – istagini haqiqat qilib ko’rsatishga urinyapti. Sahifa egasi o’zini dadil va kuchli qilib ko’rsatmoqchi. Odatda qizlarda yoqimtoy hayvonlar rasmi ko’p uchraydi. Misol uchun jajji mushukchalar (kuchukchalar), yoki shunday hayvon ushlab tushgan qiz surati. Bunday rasmlar sahifa egasining huddi yosh bolalardek ko’ngichan ekanligidan dalolat beradi.

7. Tabiat 

Gap yana professional suratkashlar haqida emas. Agarda sizning sahifangizda tabiat suratlari ko’p bo’lsa bu hayotingizdan mamnunligingizni bildiradi. Hayotingizni yo’lga qo’ydingiz, endi tabiatdan zavqlanishingiz mumkin. Ammo bu kundalik tashvishlardan surunkali charchaganingizni, tabiat qo’ynida holi qolib dam olish istagida ekaningizni ham bildirishi mumkin.

8. Glamur obrazlar

Sahifangizda bunday suratlarning ko’pligi “like” (yoqdi), maqtovli izohlar ko’rinishidagi e’tiborga muhtoj ekanligingizni ko’ratadi. Bu esa virtual olamning “like” lariga qaram bo’lmasdan, o’zingizga bo’lgan bahoni oshirish va uni mustahkamlash usullarini o’ylashingizga jiddiy turtki. 

9. Sayohatdagi suratlar

Ba’zilar uchun sayohatda tushilgan suratlar o’zining ijtimoiy darajasini, imkoniyatini odamlarga ko’z ko’z qilish xoxishini bildiradi. “Qaranglar, men qaysi joylarda va qanday dam olishim mumkin”, - deydi suratlar. 
Boshqalar uchun esa haqiqatdan ham sayohatga borganligini, ko’rgan kechirganlarini isbotlash usuli. Ko’pchilik odamlar brogan joyga siz ham borishga muvaffaq bo’lganligingiz va bu sizning shahsiy yutug’ingiz ekanligini ko’rsatish (misol uchun Perudagi Machu-Pikchu yoki Eyfel minorasida tushilgan surat). 

10. Qimmatbaho buyum, mashina, qayiqlarda tushilgan surat

Bu (ko’pincha vaqtinchalik va o’zingiz xoxlaganingizdek) omadli ekanligingizni ommaga namoyon qilish usuli. Muayyan ijtimoiy statusga mansub ekanligingizni ta’kidlash. “Hayotim zo’r!” demoqdasiz.

11. Taom surati

Qimmatbaho restoranlarda olingan taom surati – o’z o’zingizni, ijimoiy darajangizni namoyon qilishdir. Agar taom rasmi uy bekasi yoki xomiladorlik ta’tilidagi ayol sahifasida bo’lsa, unda bu uning hayoti boshqalardan kam emasligini isbotlashdir. 

12. Ekstremal surat

Parashyutdan sakrash, tog’ cho’qqisida yoki to’lqinlar orasida tushilgan surat – bu erkaklarga xos bo’lgan sifatlar: jasorat, kuch-quvvat, ishonchlilik, chidamlilikni ommaga namoyon qilishdir. 

Ekstremal selfilar ortida esa (baland imorat tomida, temir yo’lda, yirtqich hayvon yonida olingan selfi) ortida esa odamlarga ko’rinish, ularning e’tirofi, e’tiboriga sazovor bo’lish, o’zini tirik his qilish talabi yotadi. 
Yoshlar bunday ekstremal selfilar qilishga “o’tirib qolishlari” mumkin. Yaqin insonlar bunday berilishlarga e’tibor qaratishlari va kerak bo’lsa psiholog bilan maslahatlashishlari lozim.

13. O’zimizning antiqa suratimiz

Sahifa egasining o’ziga ishonchi balan ekanligidan dalolat beradi. Chunki bunday rasmlarni shahsiy sahifaga joylashtirish, ayniqsa qizlar uchun, jasorat talab qiladi. Balki u bu bilan o’z muammolari ustidan “kulayotgandir”?

14. Ishxonada tushilgan surat

Agar sahifda ishxona, idorada tushilgan rasmiy holatdagi suratlar ko’p bo’lsa, bu inson uchun ish uning hayotida muhim rol o’ynaydi. Bunday sahifa egasi uchun o’zining ishdagi professionalligini, egallagan mansabini iloji boricha ko’proq odamlarga ko’rsatish muhim.

15. Predmetlar, biror buyum qismlari

Bunday suratlar uning egasining nostandart ekanligini ko’rsatmoqchiligini, uning san’atga ishtiyoqi borligini va uning estetik qobiliyatini namoyon etadi.

16. Hech qanday filtr, fotoshoplarsiz tabiiy surat

Bunday suratlar odam o’zini qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishidan dalolat beradi. Bunday insonlar qatoriga bir necha yil davomida suratlarini o’zgartirmaydigan oodamlarni ham qo’shish mumkin. Bu qarashlarning turg’unligini va ruhan ulg’ayganlikni, ijtimoiy tarmoqda o’zgalar oldida o’zidan birovni yasashga, ulardan like va izohlar ko’rinishidagi maqtovlar olish hojati yo’qligini bildiradi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.09.2017 09:47
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем
Qoyil

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz