Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
7 oltin qoida: qanday qilsangiz erkaklar sizni yo’qotishdan qo’rqishadi?

Aksariyat ayollar erlari tashlab ketishidan qo’rqib yashaydilar. Bugun biz mustahkam rishtalarning 7 oltin qoidasi bilan tanishamiz. Bu qoidalarga amal qilsangiz muhabbatingiz va oilangiz rishtalarini uzoq vaqt saqlab qolasiz.

Erkakka o’z shahsiy hududi bo’lishiga imkon bering.


Ko’pchilik kelishmovchiliklar aynan shuning oqibatidan kelib chiqadi: bir taraf boshqa tomonni haddan ortiq nazorat qiladi, ikkinchi tomon yetarli e’tibor bermayotganidan shikoyat qiladi. Ayollar yetarli e’tibor ajratmaslikni mehr ajratmaslik deb his qiladilar. 

Erkak va ayol oilviy munosabatlarni turlicha qabul qiladilar. Erkaklar bizni qanchalik sevsalar ham do’stlari bilan o’tirish, futbol tomosha qilishga borishdan voz kechmaydilar. Ayollarda esa aksincha, munosbatga shunday kirishib ketadilarki, dugonalari va erlari qantashmaydigan tadbirlarni ham unutadilar. Shuning oqibatida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.


Birinchi oltin qoida – erkaklarga 24 soat vaqt ajratish kerak emas. Yaxshisi o’zingizga 2-3 mashg’ulot topingda, bo’sh vaqtingizda shu bilan shug’ullaning. Eringiz choyxonada, yo’ki do’stlari bilan futbol ko’rishga ketganida siz go’zallik saloniga boring, dugonalaringiz bilan uchrashing.


Uni qo’llab-quvvatlang


Munosabatlarda mo’tadillikni saqlagan ma’qul. Unga 24 soat vaqtingizni ajratmang dedik, ammo undan vaqti vaqti bilan xabar olib turishni unutmang(ko’p emas, kunda bir martta yetarli. Hol ahvol so’rang, ishlari bilan qiziqing, yordam kerak emasmi deb so’rang. Erkaklar o’z omadsizliklari haqida do’stlari bilan bo’lishishni istamaydilar. Shuning uchun bunday vaziyatlarda ularga sevimli yorining qo’llab quvvatlashlari kerak. 

Ikkinchi oltin qoida – yaxshi ko’rgan insoningiz yaxshi-yomon kunida doim yonida bo’ling. Erkaklar ularni qo’llab-quvvatlaydigan, o’zlarini qanday bo’lsa shundayligicha qabul qiladigan qizni yo’qotishni xoxlamaydilar.

Jozibadorligingizni yo’qotmang


Aksariyat ayollar turmushga chiqqanlaridan so’ng o’zlariga oro berishga yetarli vaqt ajratmay qo’yadilar. Bo’lajak turmush o’rtog’ingizni e’tiborini qozonmoqchi bo’lgan paytlarigizni eslang. Kiyimlaringizga qanchalik e’tbor berar edingiz? Ehtimol sochlaringizni turmak qilish uchun haftada ikki martta go’zallik salonlariga qatnagan, go’zal ko’rinish uchun qulaylikdan voz kechib baland poshnali tuflilar kiygan bo’lsangiz kerak? Agar haligacha o’zingizga oro berish uchun har kuni soatlab ko’zgu oldidan ketmayaptgan bo’lsangiz – xavotirga o’rin yo’q. Ammo ilgari o’zingizga oro berish uchun sarflagan vaqtingiz endi kir yuvishu, ovqat tayyorlash va boshqa uy ishlaridan ortmayotgan bo’lsa – to’xtang. Kun tartibingizni qaytadan rejalashtirib chiqing. Erkaklar albatta uydagi saramjomlikni qadrlaydilar, biroq sizni ham avvalgiday go’zal ko’rishni ham istaydilar. 

Uchinchi oltin qoida: Doimo o’zingizga e’tiborli bo’ling. Erkaklar chiroyli ayollarini yo’qotishdan qo’rqadilar.

Rashq qilmang!


Ayollar erkaklarning rashq qilishlarini yoqtiradilar, buni sevishlarini isboti deb biladilar. Ammo rashq olovini o’zlari his qilshlariga to’g’ri kelib qolsa erkaklarni terror qilib yuboradilar. Ammo bularning hech biri iliq munosabatlar qurishga yordam bermaydi. Erkak rashqini uyg’otishga ahd qilgan bo’lsangiz kutilmagan natijalarga ham tayyor turing. Ba’zi erkaklarning qattiq jazavaga tushishlari, ba’zilar esa sizni yengiltagga chiqarishlari ham mumkin. Yaxshisi rashq bilan o’ynashmang. 

Ayollardan farqli ravishda erkaklar sevgini bunday namoyon etish tarafdorlari emaslar va rashqchilarni yoqtirmaydilar. 

Psihologlarning ta’kidlashicha, rashqning sababi o’ziga nisbatan ishonchsizlik ekan. O’zlariga ishonchlari past bo’lgan ayollar erkak o’zidan ham yaxshiroq ayolni topib olishi mumkin deb o’ylaydilar va uni kuzatib detektiv ro’lini o’ynashni boshlaydilar. 

To’rtinchi oltin qoida: diqqatingizni o’zingizga qarating. Go’zallik salonlariga qatnang, ishonchingizni oshiring.

Uning kerakli ekanligini his qildiring




Har bir erkak o’zini yaxshi va kerakli inson sifatida ko’rsatishga harakat qiladi. Siz esa biroz pishshiqlik qilib undan vaqti vaqti bilan kichik bir iltimoslar qilib yordam so’rab turing. 

Agar biror muammoni yechishda tajribasizlik qilsa “ahir erkaksizku” deya ko’rmang. Unutmang, bunday dashnom erkakni o’zini kuchsiz deb his qilishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun erkakning “men”ini so’ndirmang.Erkaklar biror narsada professional bo’lishlari, boshqasida esa unchalik tajribaga ega bo’lmasliklari mumkin. Ahir bu normal holat, barchamiz oddiy insonmiz.

Beshinchi oltin qoida: dono bo’ling va erkakning kucli taraflarini ko’rsatib kuchsiz jihatlari haqida og’iz ochmang.Erkaklar uning yonida o’zlarini kuchli va mard sezishga majbur qiladigan ayollarni yo’qotishdan qo’rqadilar.

Moliyaviy ahvolidan xabardor bo’ling

Erkaklarning yana bir og’riqli uqtasi – moliyaviy sharoitidir. Ish joyi, maoshi, sovg’a qilingan narsalarning narhi va shu kabilar borasidagi tanqidlar munosabatlarning buzilishiga olib keladi. 

Oltinchi oltin qoida: tanlagan kishingizning moliyaviy ahvolini tanqid qilishdan o’zingizni tiying. Agar sizni uning maoshi qanoatlantirmayotgan bo’lsa, qanday qilib moliyaviy sharoitni yaxshilash mumkinligi haqida oila kengashida muhokama qiling.

Uzoq vaqt gina saqlamang


Uzoq muddatli gina u yoqda tursin,hatto bir necha kunlik arazlashuvdan keyin avvalgi iliq munosabatlarni tiklash qiyin bo’ladi. Bir maromdagi munosabatlar – omadli turmush garovidir

Yettinchi oltin qoida: agar tanlagan insoningizni sevsangiz, hayolingizdagi ideallashtirgan obrazini emas, aynan o’zini boricha qabul qilishga harakat qiling. Erkak kishi buni qadrlaydi va sizni yo’qotishdan qo’rqadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 25.10.2017 16:48
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz