Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Baxtli oila siri nimada?

Tasavvur qiling, biror bir amaldorning eshigi tagida 20 dan ortiq odamlar ma’lumotnoma olish uchun navbat kutishmoqda. Shu payt kotiba chiqib amaldor boshqa hech kimni qabul qilmasligini va hozirgina xonasidan chiqib ketganini aytadi. Shu paytgacha bir-birlariga umuman befarq bo‘lib o‘tirgan odamlar birlashib norozilik bildiradilar.

 

Oilada ham shunday. Tasavvur qiling, necha yildan beri birga bo‘lgan va oilaviy muammolardan charchagan er-xotin. Bir-biriga bo‘lgan tuyg‘ular avvalgidek emas, orada tushunmovchiliklar, xafagarchiliklar va noroziliklar bo‘lib o‘tgan. Va hozirda majburiyatlariga amal qilib chidab kun kechirishmoqda. So‘ng kutilmaganda oilada qandaydir voqea sodir bo‘ldi. Misol uchun, bola qattiq kasal bo‘lib qoldi. Unga alohida parvarish va e’tibor kerak. Bunday vaziyatda ota-onalar oldiga bir maqsadni qo‘yadilar - nima bo‘lishidan qat’iy nazar, tushunmovchiliklarni bir chetga surib, bola sog‘ligini tiklashga bor e’tiborlarini qaratish.

 

Bu ikki misol nimasi bilan bir-biriga bog‘liq deysizmi? Har qanday jamoa umumiy maqsad sari intilishi uning barqaror va samarali bo‘lishiga yordam beradi. Oila ham ikki yoki undan ortiq odamdan tashkil topgan jamoadir.

 

Oilada maqsad to‘satdan tug‘ilishi mumkin. Masalan, yaqinda turmush qurgan er-xotin bola ko‘rishni maqsad qildilar. Ular endi sog‘lom turmush tarzini boshlaydilar, kerakli tibbiy ko‘riklardan o‘tadilar, bola bilan bog‘liq maqolalarni o‘qiydilar va shunday qilib bir maqsad sari birga harakat qiladilar. Vaqt o‘tgach sog‘lom chaqaloq tug‘iladi. Maqsad erishildi, barcha baxtli! Biroq bir-ikki oy o‘tgach charchagan va asabiy onani va huddi shunday holatdagi otani ko‘ramiz. Yangi maqsad qo‘yishga esa xohish ham kuch ham yo‘q. Er-xotinni faqat bir-biriga va bolasiga bo‘lgan sevgisi bog‘lab turibdi. Ikkovi ham vaqt o‘tib bola ulg‘ayishini va barchasi ortda qolishini o‘ylab, kutib yashashmoqda.


Umumiy maqsad qo‘yish nima beradi?

 

- Birlashish. Odamlarda bir g‘oya va bir maqsad, ularga bog‘liq umumiy rejalar tuziladi. Shunda birga vaqt o‘tkazish zavqli bo‘la boshlaydi - televizor tomosha qilish uchun emas, balki birgalikda qiziqarli ish bilan shug‘ullanish uchun imkoniyatlar ko‘payadi.

 

Umumiy qiziqishlar va suhbat uchun mavzular. Agar maqsadingiz bir bo‘lsa har-xil mavzularda suhbat qurishni boshlaysiz, bir-biringizga oddiy er yoki xotin degan ko‘z bilan emas, balki natijaga birgalikda erishishni istayotgan odam sifatida qaraysiz. Shunda bir-biringizga bo‘lgan qiziqish ortadi.

 

-"Men doim o‘z ustimda ishlayman, qo‘shimcha mashg‘ulotlarga boraman, rivojlantirishga harakat qilaman, xotinim (erim) esa oldingi holicha qolaveradi, harakat qilmaydi" - o‘zini rivojlantirishborasida keng tarqalgan muammodir. Agar ikkovingiz bir umumiy maqsad qo‘ysangiz, unga erishish uchun birgalikda harakat qilasiz. Shunda o‘sish tezroq va samaraliroq bo‘ladi.

 

-Umumiy maqsad mavjudligi oilaviy muammolarni hal qilishga yordam beradi. "Men buni xohlayman, sen uni xohlaysan" degan gap bo‘lmaydi. Unga erishning eng samarali yo‘lini tanlaysiz xolos.

 

Maqsadga erishishdagi yutuq va kamchiliklarni birgalikda baham ko‘rasiz. Bir - biringizni qo‘llab-quvvatlaysiz. Bu esa birgalikdagi hayotingizni yanada mazmunliroq qiladi.

 

Farzand ko‘rish va uni tarbiya qilishdan tashqari yana qanday umumiy maqsadlar bor?


Sport. Birga sport bilan shug‘ullanasizmi? Birga shug‘ullanish ham yoqimli ham erinishni oldini oladi.

Pul masalasida. Bir yil ichida qanchadir miqdorda birgalikda pul to‘plash. Bu vaziyatda kim qancha pul olib kelishi emas, balki uning umumiy miqdori muhimdir. Ayol uy bekasi bo‘lsa ham erini ruhiy qo‘llab-quvvatlash bilan unga yordam berishi mumkin. 

Munosabatlar borasida. Birga bo‘lishdan zavqlaning. Birinchi uchrashuvda o‘zingizni qanday his qilganingizni eslang. 

Rivojlanish. Biron bir yaxshi kitobni birga o‘qing yoki film tomosha qilib uni mulhokama qiling. San‘at, klassik musiqa va tarixga qiziqing. Rasm chizishni, qo‘shiq aytishni, raqs tushishni o‘rganing. Asosiysi bularni birga amalga oshiring. 

Sayohatlar. Birga sayohatga chiqish ham munosabatlarni mustahkamlaydi.

Har yil yakunida birga erishilgan yutuqlar, bo‘lib o‘tgan voqealar haqida suhbatlashing. Oilangiz uchun umumiy bo‘lgan yana yangi maqsadlar qo‘ying.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 25.10.2017 16:48
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz