Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Birinchi sevgimni qanday unutay?

Birinchi sevgi doimgidek beg’ubor, ajoyib tuyg’ularga boy va betakror his bo’lib, ko’pincha o’tmishda qolib ketadi. Uning o’rnini esa umidsizlik va chuqur g’am egallaydi. Bunday holatdan chiqib ketish va birinchi muhabbatni unutishda opa.uz sayti sizga yordam beradi.

 

Hammasi yaxshilikka

 

Demak, sizlar ajralishdingiz. Buni o’zgartirib bo’lmaydi. “Vaqt davolaydi” degan prinsip sizga negadir ta’sir etmayapti va o’z ustingizda ishlashingizga ko’mak bermayapti. Shuning uchun ham siz qayg’urish va afsus chekishda davom etyapsiz. Balki, sevgan insoningizda hurmatga sazovor va ajralib turuvchi, o’ziga xos va hech kimga o’xshamaydigan jihatlari bo’lgandir, ammo bu dunyoda undan ham go’zal qalb egalari yashayotganini esingizdan chiqarmang. Balki, u insonga o’xshamas va umuman boshqacha kishini uchratib, aynan u bilan baxtli bo’larsiz.

 

Hayotimiz bizga cheksiz imkoniyatlat tuhfa etib kelayotganini tasavvur ham eta olmaymiz. Endi buyg’i sizning qo’lingizda: o’tmishdagi inson xotiralari bilan qayg’uga botib yashayasizmi yoki hayotning yangi eshiklarini ochishga shahdam qadam tashlaysizmi? Ko’pincha, eski sevgini unutishda, assosa, yangi tuyg’ular yordam beradi. Nima bo’lganda ham, azoblanishdan to’xtang, o’zingizni oldirib qo’yasiz.

 

 

1.  Nuqta qo’ying

 

Ya’ni, o’zingizni bosib, tinchlaning. Munosabatlaringiz yakuniga yetganini ongli ravishda tan olib, buni qabul qiling. Eng yomoni, munosabatlarga yarim so’zdan darz ketishi boshlashidir. U qo’ng’iroqlaringizga javob berishdan bosh tortib, ko’rinmay ketadi. Siz esa soddalarcha uni sevishi va qaytib elishiga umid qilib yashayverasiz. Uning ayblariga ko’z yumasiz, hammasiga bahona topib turasiz. U esa bu vaqtning o’zida oilali ha bo’lib ketadi… Yo’q, bunaqasi ketmaydi! Shuning uchun munosabatlarga oydinlik kiritish maqsadida jiddiy suhbatlashish juda muhimdir. Agar buning iloji bo’lmasa, bunday munosabatni davom ettirish mantiqsizlik bo’ladi. Axir, siz unga HAQIQATDA KERAK bo’lganingizda, allaqachon sizga qo’ng’iroq qilgan bo’lar edi.

 

 

2.  Yaxshilab yig’lab oling!

 

O’tkir Xoshimov o’zining “Daftar xoshiyasidagi bitiklar” asarida shunday demagan: “Ayollar, sizlarga yig’lashdek ne’mat ato etgani uchun Yaratganga shukronalar ayting!”


 

3.  Band bo’ling

 

Eski xotiralar qurshovidan qutulish uchun vaqtingizni bekorga sarflamang: ish, o’qish, to’garaklar, yangi xobbi, sport, turli kurslarning barchasi sizga yordam beradi.

 

4.  Uni ideallashtirishni bas qiling

 

Birinchi sevgini unutishning yana bir ususli – bu aynan kim uchun jon fido etib qiynalayotganingizni anglash. Ha, uning ko’pgina yaxshi qirralari bor edi, ammo illatlari ham yo’q emasdir? Ustiga-ustak, aynan o’sha jihatlari uchun sizlar ajralgansizlar. Unutmang: u sizni tashlab ketidi, qadringizga yetmadi va yig’lashga majbur etdi! Nega bunday yomon insondan jahlingiz chiqmayapti-ya? Xayolingizdagi ideal obrazni sindirib tashlang-da, hayotga real ko’z bilan boqing: u sizni azoblagani yetar?

 

5.  Baxtli bo’ling

 

Qasos – o’ta shirin so’z. Shunday gapni eshitganmisiz: “Agar ayol kishi muvafaqqiyatli, xursand va baxtli bo’lsa, demak , u kimdandir qasos olyapti”. Sevgan kishingizni unutishning yana bir yo’li – bu qasos, ya’ni usoz yashay olishingizni isbotlashdir. Chiroyli qomat darajasida ozish, yangi xobbi topish, doim go’zal bo’lib yurish va faol hayot tarzini davom ettirish ancha foyda beradi. Shuningdek, o’zingizga bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi.



Shunday ekan, yangi sevgini uchratib qolishdan cho’chimang, faqat oldinga intiling. Axir, o’tmish ortda qolib ketdi, uni qaytarishning foydasi yo’q. opa.uz sayti sizga tuganmas va to’kis ayollik baxtini tilab qoladi!

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 25.10.2017 16:48
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz