Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Erkaklar bilan nima haqda gaplashish mumkin emas?

Ayollar turli mavzularda suhbat qurishni juda yaxshi ko‘rishadi. Ba’zida ularni gapdan to‘xtatish qiyin bo‘lgan holatlar ham uchrab turadi. Ammo kerakli paytda sukut saqlash va shunchaki tabassum bilan chegaralanib qolish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Quyidagi maqolada esa erkaklar bilan qanday mavzularda gaplashmaslik kerakligi va yaxshi suhbatdosh bo‘lishning bir necha qoidalari bilan tanishamiz.

1. Eringizning sobiq sevgisi haqida gap ochmang

Qadrli ayollar, oilangiz tinchligi va totuvligi uchun ham eringizning sobiq sevgisi haqidagi savollaringiz ochiq qolgani yaxshi. Axir, aynan siz uning jufti halolisiz. O‘tmishda qolib ketgan xotira va omadsiz sevgi tarixi porloq kelajagingizga raxna solmasin desangiz, bularni hammasini uniting va eslamang. 

2. Uquvingiz kam bo‘lgan biror mavzuda o‘zingizni aqlli qilib ko‘rsatmang.

Erkak kishi bilan gaplashayotganda balandparvoz so‘zlardan foydalanish, o‘zingizni boshqalardan aqlliroq deb o‘ylash yaramaydi. Ayniqsa, biror narsa haqida deyarli hech vaqo bilmasangiz-u, lekin og‘zingizni ko‘pirtirib o‘sha narsa ustida baxslashsangiz, barchaning oldida kulgiga qolasiz, xolos.

3. Eringiz oldida boshqa erkaklarni maqtamang!

Boshqa kishilarning muvaffaqiyatiga havas qilish yaxshi, biroq ularni o‘z eringizga maqtash mutlaqo mumkin emas. Bunday vaqtda uni boshqa erkak bilan solishtiryapsiz, deb o‘ylaydi. Axir, hech qaysi erkak uni solishtirishlarini yoqtirmaydi. 

4. Oila – turmush o‘rtog‘ingiz qo‘rg‘oni.

Turmush o‘rtog‘ingiz oila a’zolari, do‘stlari va yaqinlarini also yomonlamang. Ayniqsa, uning onasi haqida xunuk gaplar aytmang. U ayol yaxshi inson bo‘lmasa-da, eringizning volidasi ekanligni unutmang.

5. Biror narsaga shama qilib yoki kinoya bilan gapirmang.

Erkaklarga shama qilib gapirishning foydasi yo‘q – baribir tushunishmaydi. Bundan tashqari, ochiq aytilmagan va mantiqsiz gaplar ularning jahlini chiqaradi. Shuning uchun barcha o‘y-fikrlaringizni aniq qilib ifodalang.

6. Boshqalar oldida erkak kishi ustidan kulish yaxshilikka olib kelmaydi.

Katta davralarda yoki yaqinlaringiz oldida eringiz ustidan kulish yoki u bilan hazillashish aqlli ayolga yarashmaydi. 

7. Sukut – oltinga teng

Vinston Cherchilning bir mashhur gapi bor: “Diplomat – bu shunday insonki, biror narsa aytishdan avval uni ikki marta o‘ylab oladi”.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 25.10.2017 16:48
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz