Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Uylanish niyati yo’q…

Har bir qiz sevib-sevilib turmush qurishni va bir oilaning sevimli kelinchagi bo’lishni orzu qiladi. Ammo ba’zida yo’llarimiz niyati jiddiy bo’lmagan yigitlarniki bilan tutash bo’lib qoladi. To’g’ri yo’ldan adashmaslik va yigit kishining asl niyati pok ekanligini aniqlashda quyidagi maqola sizga qo’l keladi, degan umiddamiz. Yigit sizga uylanishni istamasligining 9 ta belgisi:

1.  Uylanishni xohlamaydi.

Ko’pincha qyaerlargadir g’oyib bo’lib qoladi. Bu esa tuyg’ular keskinlashuviga sabab bo’ladi. Bir necha kun sizga o’ntalab sms xabarlar yozib, keyin bir haftalab yo’q bo’lib ketsa, bilingki, u sevgi degan o’yinning professional o’yinchisi. Agar uning sizga bo’lgan tuyg’ulari jiddiy bo’lganida edi, ko’z oldingizda o’ reytingini oshirish haqida o’ylab ham o’tirmas edi. 

2.  Avval munosabatda bo’lgan qizlari haqida faqat salbiy fikrlar aytadi.

Har bir insonning o’ziga yarasha yaxshi va yomon jihatlari mavjud. Aybni faqat ayollarga to’nkaydigan erkak bir kun kelib siz haqingizda ham shunday xunuk so’zlarni aytmasligiga kim kafolat beradi?

3.  Uylangan do’stlarining qaroriga salbiy munosabatda bo’ladi.

Kelajakda oila qurish istagida bo’lgan yigit kishi “Do’stimning xotini uning boshiga chiqib olgan”, yoki “Do’stlarim endi o’z yo’qotgan”, degan ma’nodagi firklarni aytmaydi. Bu bilan u nikohga bo’lgan munosabatini bildirgan bo’ladi. 


4.  Kelajak, to’y, farzandlar haqida gaplashishni xushlamaydi.

Oila va farzandlar haqida so’zlashishni boshlashingiz bilanoq u gapni buray boshlaydi. Bunday yigitlar ayni vaqtda oila qurishdek mas’uliyatli ishga hali tayyor emas sanaladi.

5.  Sizni do’stlari va yaqinlari bilan tanishtirishni istamaydi yoki ortga suradi.

Agar ancha vaqtdan beri tanish bo’lsangiz va haligacham yaqin do’sti yoi ota-onasi haqida tuzuk ma’lumotga ega bo’lmasangiz, yaxshilab o’ylab ko’ring. Balki, uning munosabati haqiqatda jiddiy emasdir. Agar sizga chindan uylanish niyati bo’lganida edi, allaqachon sizni g’urur bilan tanishtirgan bo’lar edi.

6.  Sizning oldingizda boshqa qiz va ayollarga ko’p nazar tashlaydi, suhbatlashadi.

Ayniqsa o’sha qiz sizning yaqin dugonangiz bo’lishi juda yoqimsiz holat. O’ylab ko’ring, bunday erkak kishi bilan bir umr hayot kechirishni istarmidingiz?

7.  Sizni umuman rashk qilmaydi.

Rashkning haddan ortiq ko’p bo’lishi munosabatlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Rashkning me’yorda bo’lgani ma’qul. Ammo rashkning kichik alomatlari ham ko’rinmasa, bilingki, u sizni qadrlamaydi.


8.  Munosabatlaringiz uzoq davom etyapti.

Agar munosabatlaringiz 3 yildan ortiq davom etayotgan va yoshingiz turmush quradigan davrga yetgan bo’lsa, lekin yigit tarafdan hech qanday harakat bo’lmasa, tushunavering. Sizni shunchaki aldab yuribdi. Yaxshisi, ochiqchasiga gaplashib olganingiz ma’qul.

9.  Hali beri uylanish rejada yo’q ekanligini ta’kidlayveradi.

Yigit kishi o’z tili bilan aytib, tan olib turganda, siz unga ishonishingiz to’g’rimikan? Balki bu shart-sharoitlarga bog’liqdir? Agar aniq sababi bo’lmasa, qayta o’ylab ko’rishingiz maqsadga muvofiqdir.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 25.10.2017 16:48
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz