Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Xiyonat haqida 10 ta fakt. Buni bilishingiz shart!

  • «Hammasiga genlar aybdor». AQShlik olimlar erkaklarning xiyonat qilishini tibbiy nuqtai nazardan o`rganib, ayb aslida DR-D4 genida ekanligini ma`lum qilishdi. Aynan mana shu gen bema`ni xayollarga sabab bo`lar ekan…
  • Internet, uyali aloqa xizmatlari hamda turli yozishmalarga qiziqadigan erkaklarda xiyonatga moyillik bo`lishi mumkin. Shunisi qiziqki, bu jarayon erkak xohishi bilan emas, texnika imkoniyatlarining antiqaligi sabab ro`y berarmish, go`yoki…
  • Moliyaviy ta`minlanganlik, ya`ni cho`ntagi qappaygan erkaklarning ayrimlarini qiziqarli sarguzashtlar jalb qiladi. «Pul bo`lsa, changalda sho`rva» degandek…
  • O`ziga qaramagan, qomati ko`ngildagidek bo`lmagan ayol xiyonatning yana bir sababi emish. Bolalar, uy-ro`zg`or, qozon-tovoq kichik elkasida bo`lgan ayolning ko`zgu qarshisida kunini o`tkazishga vaqti yo`qligi bilan hisoblashishsa, yaxshi bo`larmidi?
  • Oilaviy hayotdan zerikish yoki bir xillikdan tez charchash. Aslida esa bu shunchaki bahona, xolos.
  • Ruhiy va jinsiy yaqinlikdan ko`ngli to`lmasa ham erkak chetdan «dardkash» izlar ekan. Mubolag`aga yo`ymang-u, ammo buni o`zlaridan bildik.
  • Erkaklarning 42 foizi xiyonat sabab hech nima yo`qotilmaydi, deb hisoblashsa, 30 foizi«Rafiqam meni kechiradi», deya o`zini oqlaydi. 15 foiziuchun xiyonat ajrashish uchun yo`l. Faqat 10 foizgina erkak bevafoligini aqlan tan olarkan.
  • Xoh ishoning, xoh ishonmang: Indoneziyada erkak va ayol xiyonati qamoq jazosiga tortilar ekan.
  • Olimlar fikricha, IQ (aqliy salohiyat) darajasi yuqori bo`lgan erkaklar xiyonatga chalg`imaydi. Ammo bu ko`rsatkich past bo`lganlarda aksi bo`ladi.
  • «Onasining erkasi» bo`lgan yigitlar yo taqdiriga isyon qilib, yoki ota-onasiga fe`lini ko`rsatishni istab, xotiniga xiyonat qilishi mumkin.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 13.12.2016 22:03
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati), Oilaviy Maslahat!
Рекомендуем
Qizlani xiyonati haqida ham malumot bersela dry
Mana bu haqiqiy fakt
Supper klass!!! 40_w

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz