Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yigitimni unuta olmayapman qanday yo’l tutay?

Sevgan insoningiz sizdan voz kechsa qanday yashash kerak? Ayollar bor, bir necha kundan keyin hammasini unutib yuborib baht qidirib yashashda davom etadilar. Siz unday bo’lmasangizchi? Agarda har kuni uni eslab unuta olmayaptgan bo’lsangiz nima qilish kerak? Butun hayotingizni unga bag’ishlab, yaxshiyu yomon kunlarni birga otkazishni ahd qilgan insoningiz endi yoningizda yo’qligini anglash juda og’ir.

U shunchaki umid va orzu bo’lgani yaxshiroq edi. Lekin u avval yoningizda bo’lgan bo’lsa, endi esa o’zga yor bilan ekanligini bilasiz. “Unuta olmayapman, endi qanday yashay?”, - degan o’y tinchlik bermaydi.

Birinchi navbatda bu haqda o’ylashni bas qiling. Sizning hayollaringiz hech narsani o’zgartirmaydi, aksincha o’zingizni o’zingiz yeb tamom qilasiz. Voqea hodisalarni bo’rttirish ayollarga xos jihatdir. Aynan shu odatimizdan asab tizimimiz zarar ko’radi. Hozir kim bilan ekanligi haqidagi o’y hayollarimizni quvishimiz kerak. Albatta bu oson ish emas, lekin boshqa iloji ham yo’q. Irodamizni ishga solib o’zimizni bunga majbur qilishimiz kerak. Buni bajarish har gal osonroq bo’la boradi.


Qo’yib yuborishni bilish kerak. Uni, yigitingizni. Dardingizni. Agar yig’lagingiz kelsa – yig’lang. Ichingizdagi dardni chiqarib tashlang, ammo buni odat tusiga aylantirib olmang. Bir martta dardingizni yig’i orqali chiqarib yuborib uyquga yoting va tongdan yangi hayot boshlang.


Albatta bu juda qiyin bp’ladi. Telefoningizni o’chirib ustingizga ko’rpani tortib to’yib to’yib yig’lagingiz keladi. Also bunday qila ko’rmang. To’rt devor orasida o’tirib o’tmishingizni yig’ab o’tkazish tushkunlik kayfiiyatining cho’zilishiga, o’z joniga qasd qilish va shu kabi ahmoqona ishlarni qilishga olib kelishi mumkinki, keyinchalik afsuslanasiz. Aynan shuning uchun tashqariga chiqish, do’stlar bilan muloqotda bo’lish lozim. Darvoqe, uni uchratish umidida shahar kezmang. Bordiyu uni uchratsangiz ham hech narsa o’zgarmaydi, aksincha sizga yanada og’ir bo’ladi. Yaxshisi iloji boricha u bilan to’qnash kelish ehtimolini oldini olgan ma’qul. Shunday qilingki, hech narsa uni eslatmasin. Do’stlaringiz va dugonalringizni ham u haqida eslatmasliklari haqida ogohlantirib qo’ying. U haqidagi suhabat u xox yaxshi bolsin, xox yomon – sizga og’riq beradi. O’tmishingizdan uzoqlshganingiz ma’qul.


O’zingizni nima bilandir chalg’itishga harakat qiling. Har bir odamning o’z sevimli mashg’uloti bo’ladi. Nima bilan shug’ullanishni yoqtirsangiz o’ksigan chog’laringizda sevimli ishingiz bilan mashg’ul bo’lishga harakat qiling.

Unutmang: hayot tugab qolmadi. Bu hozir sizga shunday tuyilyapti, ammo keyinchalik hammasi o’zgaradi. Odamzodda o’z o’zini himoya qilish instikti mavjud, dard esa organizmni yemiradi. Shuning uchun organizm uni albatta qulflaydi. Ammo bunga o’zimiz harakat qilsakgina tezroq natijaga erishish mumkin.

Har xil o’tirishlar, bazmlar – sizga ayni damda kerak bo’lgan narsalardir. Hordiq chiqaring, yangi do’stllar bilan tanishing. Agarda siz bilan biror yigit tanishmoqchi bo’lsa rad etmang. Hech kim sizni unga turmushga chiqishga majbur qilmayapti. Shunchaki suhbatlashing. Ba’zan shunday holatlar bo'ladiki, umuman tanish bo’lmagan begona odamlar bizni dardan halos etadi.


Umuman olganga o’zingizga yaqin bo’lgan insonlar bilan ko’proq bo’lishga, yomon narsalar haqida o’ylamaslikka harakat qiling.

Agar boshqa shaharga borish imkoniyatingiz bo’lsa – o’ylab o’tirmay boring. Yangi joy, noodatiy muhit chalg’ishga yordam beradi va salbiy o’ylar kamroq hayolingizni band etadi.


Bordiyu sizga hech narsa yordam bermayotgan bo’lsa psihologga murojaat qiling. Unutmang, psiholog muammoni hal qilmaydi, u sizga muammoni qanday yechishni o’rgatadi. Tinchlantiruvchi vositalarni aslo icha ko’rmang. Organism dori vositalariga o’rganib qolib his-tuyg’ularni mustaqil ravishda jilovlay olmaydigan bo’lib qoladi.

Unutmangki ayollar doim ruhan kuchli bo’lib kelgan, hozir ham kuchli va keyin ham shunday bo’ladi. Erkaklarga qaraganda anchayin kuchliroqdir. G’ururingizni, individual ekanligingizni, dard chekishga munosib emasligingizni unutmang. Ahir siz o’zingizni sevasiz va hurmat qilasiz, shunday ekan, nega siqilishingiz kerak?


Har bir odamga sinov beriladi. Ba’zan biz bunga munosib emasdek, chidashga ortiq kuchimiz qolmagandek tuyiladi. Ammo vaqt o’tib hammasi yaxshilikka bo’lganini anglab yetamiz. Shuning uchun ham buni hayotingizning uncha yorug’ bo’lmagan kichik bir qismi deb qabul qiling, ahir undan keyin yorug’ kunlaringiz keladi.

Har doim ijobiy kayfiyatda bo’lishga harakat qiling. Sevgi haqidagi mahzun qo’shiqlar tinglamang, kinolar ko’rmang. Hammasidan ham sevgan insoningizni eslatadigan narsalardan o’zingizni himoya qilishingiz kerak.


Har bir ayol dardni turlicha boshidan o’tkazadi. Ammo dard darligicha qoladi va unga qarshi hamma usullarni ishga solgan holda kurashish lozim. Agar imkon bo’lsa uni yomon ko’ring. Albatta yomon ko’rish yaxshi hissiyot emas, ammo ba’zan u dardan qutulishga yordam beradi.

Eng yaxshi yo’l esa uni kechirish va qo’yib yuborishdir. Bu inson sizning hayotingizda bo’lgan va hursandchilik olib kelgan, esda qolar shirin xotiralaringiz bor va bu ajoyibdir. Bularni qalbingizning kichik bir qutisidek hayolingizning bir burchagiga yashirib qo’ying. Qachonlardir ularni eslab jilmayib qo’yishingiz mumkin, hozir esa uni qulflang va unuting.


Agar ajralgan bo’lsangiz demak bu sizning taqdiringizdagi inson emas, agar shunday bo’lsa vaqti soati kelib u albatta qaytib keladi. Ammo uni kutmang, shunchaki yashang. O’zingiz uchun, yaqinlaringiz uchun, do’stlaringiz uchun. Har bir qizning hayotida sevgidan bo’lak muhjimroq narsalar bor. Buni unutmang. O’zingizning maqsadlaringiz, orzularingizni yodingizda bo’lsin. Doim harakatda bo’ling, nimagadir erishishga harakat qiling. Hayotingiz yangi o’y-hayollar, yangi tashvishlar, hursandchilik bilan band bo’lsa bir kun tongda uyg’onib dardingiz baham topganini sezasiz. Qalbingiz iliqlik va nurga to’ladi. Siz yangi bosqichni boshlashga tayyorsiz. Hayotingiz ham izga tushib ketadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 25.10.2017 16:48
- Категория: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz