Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Erkaklar haqida paypoqlari gapiradi

Odatda paypoqlar garderobimizning eng quyi qismidan joy oladi. Biroq modelerlarning qayd etishlaricha, paypoqlar ham bo‘yinbog‘ yoki qo‘l soati singari kuchli jins vakillari haqida ma’lumot bera oladi.

Paypoqlar rangi shim va oyoq kiyimlarining umumiy rangiga albatta mos kelishi kerak. Masalan, rasmiy kostyum-shim bilan sokin, neytral, sport libosi va dam olishga mo‘ljallangan kiyimlar bilan yorqinroq rangdagi paypoqlarni tanlash mumkin. Ochiq yozgi oyoq kiyimlari bilan paypoq kiymaganingiz ma’qul. Bu ham etika qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi, ham, bu kabi oyoq kiyimlarining asl vazifalaridan bo‘lgan oyoq terisining erkin “nafas olishiga” to‘sqinlik qiladi.

Agarda kiyinish uslubingiz talab etmasa, rang-barang bezakli va o‘ta yorqin paypoqlarni kiymaganingiz ma’qul.

Shuningdek, hech kim ko‘rmaydi-ku, deya yirtilgan paypoqni kiyib ketavermang. Tasodifiy holatlarda uyalib qolishingiz mumkin.

Paypoq sotib olayotganda faqatgina ko‘rinishiga emas, ularning qulayligi va chidamliliga ham diqqat qaratish maqsadga muvofiq. Unda paypoqning qaysi xom ashyodan tayyorlangani ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Tabiiy mahsulotlardan tayyorlanganini tanlaganingiz ma’qul. Sun’iy mahsulotlardan tayyorlangan paypoqlar qanchalik qulay bo‘lmasin, oyoqni terlatadi. Paypoq sotib olishda unda har xil dog‘lar, teshikchalar, ipchalar bo‘lmasligiga, qismlar bir tekis tikilganligiga e’tibor qarating.

Maxsus qadoqlanmagan paypoq sotib olsangiz, uni kiyishdan avval yuvib olishni unutmang.

Paypoqning bir poyini yo‘qotish — aksariyat erkaklarga tekkan “kasallik”. Birini topsangiz, ikkinchisini topa olmay xunobingiz chiqadi. Agarda bu muammo siz uchun ham dolzarb bo’lsa, har doim bir firmaning bir xil rang va ko‘rinishdagi paypoqlarini sotib oling. Shunda o‘z juftini yo‘qotib yurgan paypoqlar topsangiz ham kiyib ketaverasiz. ☺

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 13.02.2017 21:44
- Категория: Kiyinish Haqida, Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz