Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Shubxalanish yaxshimi yoki yomon?

Inson shubxalanganda tez qaror qabul qilishga qiynaladi. Psixologiyada shubxa degan alohida termin mavjud bo‘lib, u muayyan fikr yuritishdan o‘zni tiyishni bildiradi. Xo‘sh, shubha yaxshimi yoki yomon? Biror qarorga kelish qiyinligini psixologlar qanday tavsiflaydilar?

“Shubxa” so‘zidan kundalik hayotda tez-tez foydalanganimiz tufayli biz uchun odatiy tushunchaga aylanib qolgan. Ammo bu so‘zning tagida qariyb 2000 yildan beri faylasuflar va yozuvchilar anglashga harakat qilib kelayotgan chuqurroq bir ma’no bor. Insonning shubhalanish holatiga imlo lug‘atlarida shunday ta’rif berilgan: “Shubxa – bu ikkilanish, beqarorlik, uzoq o‘ylanish, aniq fikrga kelolmaslik va h.k.lardir. Kontekstga ko‘ra ushbu so‘zga yana ko‘plab sinonimlar keltirish mumkin. Shuningdek, shubxalanish deganda gumonsirash, ishonchsizlik, xavfsirash kabi ma’nolar ham tushuniladi.

Xato qilishdan qo‘rqish

Umri davomida shubhalanmagan inson bo‘lmasa kerak. Bundan qochib qutulishning iloji yo‘q. Tanlash borasida ham ikkilanish muammosi har birimizda uchraydi. Buning asosiy sababi xato qilishdan qo‘rqishga borib taqaladi. Biror tanlov oldida turganimizda biz internet, kitoblar, do‘st- u birodarlarimizning maslahat va ko‘rsatmalariga quloq tutamiz. Agar xato qilsak, vaqtimiz, pulimiz, asablarimizni yo‘qotamiz. Noto‘g‘ri qaror qabul qilganimizda esa yetarli bilim va tushunchaga ega emasligimiz, tajribamiz kamligini oshkor bo‘ladi. Bunday noqulay vaziyatga tushishni esa hech kim istamaydi. 

Bundan chiqdiki, biz o‘z muammolarimizni hal qilish bilan birga, eng avvalo, o‘z obro‘miz haqida qayg‘uramiz. Bunday vaqtda ko‘pincha o‘zgalar fikriga tayanib yashaymiz. Xato qilishdan qo‘rqib, “to‘g‘ri” degan tushuncha aslida subyektiv xarakterga ega ekanligni unutib qo‘yamiz. Xo‘sh, bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak?

Atrofdagi barcha insonlarning fikriga umuman e’tibor bermaydiganlar biror ruhiy zo‘riqishdan qiynaladilar. Biz jamiyatda, odamlar orasida yashar ekanmiz, ularning fikri bilan hisoblashmasdan tura olmaymiz. Shunday ekan, shubxalanish biz uchun normal holat hisoblanadi. Har bir ishida va so‘zida o‘ziga to‘liq ishongan va umuman shubxa qilmaydigan inson amoqqa o‘xshaydi. Insoniyat tarixidagi eng yovuz va qahri qattiq insonlar qilayotgan amallari to‘g‘ri yok noto‘g‘ri ekanligi borasida ikkilanmaganlar. Masalan, Gitler oriylar irqi (Oriylar — Hindistonning ko‘p ming yillik tarixida uni birinchi bor istilo qilgan qabilalar. „Oriy“ so‘zi qadimiy eronzabon qabilalarning nomi bo‘lib, „kelgindi“, „begona“, „boshqa yerlik“ ma'nolarini bildirib, keyinchalik „xo‘jayin“, „aslzoda“ ma'nosini anglatgan) borligiga ishonchi komil bo‘lgan. 

Demak, qarorlarimiz, amallarimiz, aytayotgan har bir so‘zimiz to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida mulohaza qilish mumkin va zarurdir.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.11.2017 04:48
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz