Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Uzukka qarab fe'lingizni aytamiz

Bizning qiziqishlarimiz va yoqtirgan buyumlarimiz xarakterimiz haqida ko’p narsalarni aytib beradi. Sizga quyidagi 6 ta uzuklardan birini tanlashni va o’zingizning turli qirralaringizni bilib olishingizni taklif etamiz. Agar uzuklardan bir nechtasi yoqqan bo’lsa, ularni yoqtirish ketma-ketligi bo’yicha qo’ying va natijalaringizni o’qing.

Uzuk – 1

Siz juda nazokatlisiz, chiroyli kyinishni, sochlaringini turmaklab yurishni va nozik makiyaj surtishni xush ko’rasiz. Oylik maoshingizni birinchi navbatda kosmetik vositalar xaridi uchun ajratib qo’yasiz. Shuningdek, siz uchun oila muqaddas va katta ahamiyatga ega, ammo bolalaringizdan ko’ra, turmush o’rtog’ingizga ko’proq e’tibor berasiz.

Maslahatimiz: O’zingizdagi ushbu ijobiy jihatlarni qadrlang! Axir, o’z nazokatini saqlab qolishga intilayotgan ayollar ko’pchilikni tashkil etmaydi. Passiv va erinchoq bo’lmaslikka harakat qiling.

 

Uzuk – 2

Hissiyotlari bilan bir maromda zukko aql sohibalari aynan shu uzukni tanlaydilar. Umringizning har bir lahzasi siz uchun qadrlidir. Boshqa insonlardan farqli ravishda ko’p narsa haqida chuqur qayg’urasiz, ammo, shu bilan birga qiyinchiliklarni mardonavor yengib o’ta oladigan kuchli shaxssiz. Shuningdek, original fikrlash qobiliyatingiz, o’z uslubingiz bo’lib, shaxsiy prinsiparigizga doim amal qilasiz.

Maslahatimiz: Imkoniyatlaringizni o’zingiz va atrofdagilar uchun yaxshilikka sarlang. Pessimizmga berilmang.

 

Uzuk – 3

Qisqa va lo’ndalikni hamda minimalizmni yaxshi ko’rasiz. O’z uslubingiz, kiyinishingiz, gap-so’zingizda ham ortiqcha narsalarni xush ko’rmaysiz. Hayotsevar, faol va doim harakatda bo’lgan ayollar ushbu uzukni tanlashadi. Shuning uchun ham ularning yoshi katta bo’lsa ham, o’zlarini yosh his etadilar.

Maslahatimiz: o’ta faollik va o’zlikni anglash orasidagi muvozanatni ushlab turishga harakat qiling.

 

Uzuk – 4

Siz – haqiqiy sehrgarsiz! O’z qo’lingiz bilan biror narsani yaratishga juda qiziqasiz: tikish-bichish va to’qish sizning jon-u dilingiz. Oddiy matodan bolangizga atab chiroyli ko’ylak tkib berishga ham qodirsiz. Har bir narsaga ijodiy yondashasiz. Bunday ayollarni baxtli oila qurmoqchi bo’lgan ko’pchilik erkaklar hurmat qilishadi.

Maslahatimiz: sizga shaxsiy hudud kerak. Axir, ilhom ko’pincha sokin yerda keladi. Hayotingizdan ortiqcha ishlar va ortiqcha insonlarni chiqarib tashlang. O’zingizga ham vaqt ajratishni unutmang.

 

Uzuk – 5

Siz kuchli xarakter egasisiz. Asablaringizni bexudaga charchatmaysiz. O’z chegaralaringizni yanada kengaytirish istagini tuyib yurasiz. Zehningiz o’tkir, tezkor javob qaytarish sizga xos xususiyat. Insonlar bilan munosabatda ulardan jiddiy narsalarni talab qilasiz. Balki, bu ishingiz to’g’ridir, axir siz hayotiy tajribalaringizga tayanib ish tutasiz.

 

Maslahatimiz: Haddan ortiq ko’p ishlab, o’zingizga katta talablar qo’ymang, vaqti-vaqti bilan to’xtab, dam olishga ham fursat ajrating. Shunday paytlarda o’y va xayollaringizni tartibga keltiring.

 

Uzuk – 6

Siz – hamisha bayramsiz! Qalbingiz cheksiz o’yin-kulgular va yaxshiliklarga chanqoq. Kiyinish uslubingiz juda yorqin bo’lib, doim o’ziga tirtadigan aksessuarlar taqishni yoqtirasiz. Hissiyotlaringizni o’ylamay tashqariga chiqarib yuborasiz. Shu tufayi o’zingizga kelib olishni ma’qul ko’rasiz. Ish siz uchun oiladan ustun emas, ammo so’nggi o’rinda ham ham emas.

Maslahatimiz: oz bo’lsada hissiyotlarimgizni jilovlashga harakat qiling, axir yaqinlaringiz dilini og’ritib qo’yishingiz mumkin. Agar xatolik sizdan o’tgan bo’lsa, kechirim so’rashga odatlaning.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.09.2017 09:47
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz