Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Xato qilishdan qo’rqishni to’xtatamiz

O’zimizni chegaralab qo’yishning eng yomon usuli – hamma narsani bilamiz deb hisoblashdir. Afsuski, ko’pincha biror narsani bilmaganimiz uchun uyalib yuramiz va bilmagan narsani so’rashga iymanamiz. Xuddi biror yuqori cho’qqiga yetishish uchun hamma narsani bilishimiz, doim haq bo’lishimiz shartdek. Keling, nima uchun bunday ekanligini tahlil qilib ko’rsak.

Bizga nima xalaqit beryapti?

Savollarga javob topishga urinishdan ko’ra, o’zimizni xuddi hammasini biladigandek tutamiz. Bunday qilish, odatda, xato qilishdan qo’rqishimiz sabablidir. Aynan shu qo’rquv bizni eng zo’r bo’lishdan chegaralab qo’yadi. U bizning imkoniyatlarimizdan to’liq foydalanishga yo’l bermaydi. U biror yangi bilimni egallashga hamda o’z ustingizda ishlashga to’sqinlik qiladi. Ijodkorlik xususiyatlarimizni rivojlantirishga va dunyoga boshqacha nazar bilan boqishga imkon bermaydi. U bizni insonlardan, jamiyatdan uzoqlashtiradi va boshqalarning muvaffaqiyatini ko’rolmasligimizga sababchi bo’ladi. Bir kun, baribir, qo’rquv hissidan xalos bo’lish vaqti keladi. Ana shunda, o’zingiz istagandek yashashni boshlaysiz. Bilmaslikdan qo’rqishni xayolingizga ham keltirmaysiz. Eng asosiysi, izlanuvchanlik qobiliyatingizni rivojlantira boshlaysiz.

Xatolar rivojlanishimizga yordam beradi

Hamma insonlar xato qiladilar. Shunday ekan, siz ham xato qilishingiz mumkinligini tan olishingiz lozim. Xatoga yo’l qo’yganda kechirim so’rashga tushmasdan, avval, uni o’z xohishingiz bilan tan oling, shunda qolgani oson kechadi.

Oddiy bir qoidani yodda tuting: Xato qilgan holda yangi imkoniyatlarni o’zingiz uchun kashf etasiz.

Muvaffaqiyatning asosiy qismini kamtarlik, ya’ni, o’rganishingiz kerak bo’lgan narsalar hali ko’p ekanligini tan olish tashkil etadi. O’zingizni himoya qilishga o’tish xavflidir. Undan tashqari, nima uchun o’zingizni himoya qilayotganingizni ham bilmaysiz. “Bu meni qo’limdan kelmaydi, buning iloji yo’q”, degan oddiy gap bizning oldinga intilishimizga va yangi bilimlarni egallashimizga to’sqinlik qiladi. Axir, g’oyangiz ish berish-bermasligini oldindan bilmaysiz-ku!

O’z ustingizda ishlang va yangiliklardan cho’chimang.

O’qish va o’rganish – hayot saboqlarini olish demakdir. O’rganish o’z-o’zidan avtomatik tarzda kechmaydi. Shunday bo’lganida edi, hayot bizga bergan sinovlarini ustalik bilan o’rganib chiqqan va qayta o’sha xatolarga yo’l qo’ymagan bo’lar edik. Bor kuchingizni “yaxshi o’quvchi” bo’lishingizga qarating. Hayotingizni shaxsiy ilmiy laboratoriyangizga aylantiring. Javoblr o’z-o’zidan paydo bo’lishini kutib o’tirmang. Uni atrofingizdan izlang. O’quvchi bo’lish – hayot bergan barcha sinovlarni qabul qilish degani. Shunday ekan, hayotning eng yomon kunlarida ham, eng yaxshi kunlarni rejalashtiradigan inso bo’lib yetishishingizga tiladoshmiz.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.09.2017 09:47
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz